Yengil atletika va uni


Bosqon uloqtirish texnikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

5.2. Bosqon uloqtirish texnikasi
Bosqon metall shardan iborat bo‘lib, po‘lat sim orqali dastaga 
biriktirilgandir. Sharni temir, po‘lat, cho‘yan yoki lutundan yasaladi. 
U yaxlit qo‘yilgan yoki ichiga ancha og‘ir metall (qo‘rg‘oshin, simob) 
to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Uloqtirish uchun sportchining yoshiga 
qarab, bosqon turli xil og‘irlikda bo‘ladi: erkaklar uchun – 7 kg 265 
g, katta o‘smirlar uchun – 6 kg, kichik o‘smirlar uchun – 5 kg, ayollar 
uchun – 4 kg. Barcha asboblarning uzunligi bir xil (118-122 sm).
Bosqon uloqtirish musobaqasi 2,135 m diametrga ega bo‘lgan 
stement yoki asfalt doiradan turib, 34,92
0
sektorda o‘tkaziladi. 
Uloqtirish doirasi balandligi kamida 3,5 m bo‘lgan ehtiyot to‘ri bilan 
to‘silgan bo‘lishi kerak. 
Bosqon uloqtirish, uni dastlabki aylantirish, bir necha marta 
aylanish va asbobni chiqarib yuborish bilan oxirlanadigan oxirgi 
kuchlanishdan iborat.
Uloqtirish vaqtida sportchi bosqonga o‘z kuchi bilan ta’sir o‘tkazib, 
uni doiraga yaqin bo‘lgan egri chiziq bo‘ylab jadal harakatlantira 
boshlaydi. Bosqonni ufqqa nisbatan optimal burchak ostida (44
0

uloqtirib tayyorlanish uchun uni qiya yuza bo‘ylab aylantiriladi.


474
97-rasm. Bosqonni tuzilishi, bosqon uloqtirish joyi


475
Uloqtiruvchining bosqonga berilgan kuchi og‘irligini yengish 
va unga markazga intiluvchi hamda urinma (tangenstial) tezlash 
bag‘ishlashga sarflanadi. Bosqonni aylantirayotganda juda katta 
markazdan qochuvchi kuch hosil bo‘ladi (60 m ga uloqtirganda bu 
kuch 270 kg dan ortiq bo‘ladi). Uloqtiruvchi ana shu kuchga qarshi 
tura olish uchun bosqonga qarama-qarshi tomonga engashishga majbur 
bo‘ladi. Bu esa uning aylanish vaqtida uning barqaror muvozanat 
holatini saqlab qolishga yordam beradi. 
98-rasm. Bosqon uloqtirish joyi
Aylanishlar vaqtida uloqtiruvchi bilan bosqon bir o‘q atrofida 
aylanayotgan yaxlit sistemani tashkil qiladi. Uloqtiruvchi va tortib 
turgan bosqon (aylanish vaqtida) faqat aylanma harakat qilib 
qolmasdan, uloqtirish yo‘nalishida olg‘a intiluvchi harakatni ham 
bajaradi. Aylanishlar tezligi tinmay o‘sib borishi kerak. Dunyodagi 
eng yaxshi uloqtiruvchilar bosqonni uch aylanishda uloqtiradilar.
Bosqon ushlash. Bosqon dastasini avval chap qo‘ldagi 
ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz barmoqlarning o‘rta bo‘g‘imlariga hamda 
jimjiloqning o‘rta va tirnoq bo‘g‘imlari o‘rtaligiga kiygiziladi. Mazkur 
barmoqlarning asosiy bo‘g‘imlari ularga tegishli kaft suyaklari bilan 
bir chiziqda bo‘lib, kaft panja bo‘g‘imlarida bukilmay turadi. O‘ng 
qo‘lning to‘rt barmog‘ini chap qo‘lning nomdosh barmoqlari ustiga 
shunday qo‘yiladiki, bunda o‘ng qo‘lning tirnoq bo‘g‘imlari chap 
qo‘lning asosiy bo‘g‘imlariga mahkam yopishib turishi kerak. Bosh 
barmoqlari esa bir-biri ustiga krest shaklida joylashadi (chap, o‘ng 
ustiga). Bunday usul kuchli uloqtiruvchilarga 300 kg dan ortiq kuch 
bilan tortilayotgan bosqonni tutib qolishga yordam beradi.


476

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling