Yengil atletika va uni
-rasm. Bosqon ushlash Dastlabki holat
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100-rasm.
99-rasm. Bosqon ushlash
Dastlabki holat. Bosqonni aylantirishdan oldin uloqtiruvchi doiraning ortki qismida uloqtirish tomoniga orqasi bilan o‘girilib turadi. Poylar tashqariga qarab burilgan holda bir-biridan 60-80 sm oraliqda joylashtiriladi. Uloqtiruvchi bosqonni o‘ngdan orqaroqda yerga qo‘yadi. O‘ng oyog‘ini sal bukib, tana og‘irligini uning ustiga tushirib turib, yelka kamarini o‘ngga buradi va gavdasini salgina oldinga ergashtiradi. Bu paytda chap qo‘l bilan sim bir to‘g‘ri chiziqni tashkil qiladi, o‘ng qo‘l esa tirsak bo‘g‘imidan salgina bukiladi. Boshni hech qayoqqa burmay va egmay to‘g‘ri tutish kerak. 100-rasm. Bosqon uloqtirishga tayyorlanish 477 Bosqonni dastlabki aylantirish – uloqtirishning ajralmas qismi bo‘lib, qolgan harakatlarning to‘g‘ri bajarilishi shunga bog‘liqdir. Dunyoning eng kuchli uloqtiruvchilari dastlabki aylantirishni ikki davrada bajaradilar va bunda bosqon sharini burilishlarni boshlash uchun kerakli tezlikda (13-14 m/sek) harakatlantira boshlaydilar. Bosqonning aylanish yuzasi ufqqa nisbatan taxminan 38-40 0 og‘ma bo‘ladi. Burilishlar vaqtida esa aylanish yuzasining og‘ishi 42-44 0 gacha oshadi. Dastlabki aylantirishning birinchi davrasi oyoq va gavdani chala tiklangan holatda boshlanadi. Shu bilan birgalikda yelka kamari tos bilan bir yuzada chapga buriladi va uloqtiruvchi to‘g‘ri uzatilgan qo‘llari bilan bosqonni aylanma harakatga keltiradi. Bosqon oldinga- yuqoriga harakatlanayotganida, taxminan chap poy uchining qarshisida bo‘lishi lozim. Dastlabki aylantirish vaqtida bosh to‘g‘ri tutilishi kerak, chunki boshni burish va egish muvozanatni saqlashga to‘sqinlik qiladi. Oldingi-yuqoriga harakatlanayotgan to‘g‘ri qo‘llar ko‘krak balandligiga etgach, chapga aylana boshlaydi. O‘ng qo‘l chap qo‘ldan balandroq ko‘tariladi, keyin ikkala qo‘l ham tirsak bo‘g‘imidan bir oz bukiladi; qo‘l panjalari bosh orqasidan, bilaklar esa bosh ustidan aylanib o‘tadi. Gavda sal orqaga egilgan bo‘lib, tosni oldinga, bukilgan oyoq ustiga chiqarilgan. Keyinchalik yelka kamari yuqoridan tushayotgan bosqon ro‘pa- rasiga eng oxiriga qadar o‘ngga buriladi. Qo‘llar harakatni davom ettirib, o‘ngga-pastga tusha boshlaydi, chap qo‘l to‘g‘rilanadi, o‘ng qo‘l esa tag‘in ham ko‘proq bukiladi, uning tirsagi pasayadi. Bosqon shari uloqtiruvchining orqasidan uzoqlab o‘tadi; agarda oldindan kuzatilsa, asbob sportchi gavdasinining chap tomonidan ancha uzoqda ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Dastlabki aylantirishning ikkinchi davrasi bolg‘aning o‘ngdan- orqaga qarab tushish harakati bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi haraka- tning boshlanishida bukilgan qo‘lini to‘g‘rilab, bosqonni gavdasining o‘ng tomonidan pastga tushiradi, yelka kamarini esa tos bilan bir tekislikda chapga buradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling