Yengil atletika va uni


Burilishlarning yakka tayanchli fazasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Burilishlarning yakka tayanchli fazasi. Har bir burilishda yakka 
tayanchli fazaga o‘tganda uloqtiruvchi to‘g‘ri tutilgan gavdasini 
orqaga tortadi va har bir burilishda buni oshira boradi. Bu muvozanat 
saqlash uchun zarur. Chunki har bir burilishda bosqonning tortish 
kuchi oshib boradi va bu kuchning yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Qo‘sh tayanchli fazada bosqonning tortilishi ko‘proq oldinga 
yo‘nalgan bo‘lsa, bir tayanchli fazada u ancha yuqoriga qarab tortila 
boshlaydi. Sportchi bu kuchga qarshi turish uchun gavdasini yon 
tomonga ko‘proq engashtirishga majbur bo‘ladi.
102-rasm. Bosqon uloqtirishda aylanish
Bosqonning keyingi harakatlarida uloqtiruvchi chap tovonida 
aylanishni davom ettiradi. Chap poy uchi bilan uloqtirish tomoniga 
burilishi bilan, uloqtiruvchi poyining tashqi yuzasiga, keyin esa uning 
tagi bilan tayanishga o‘tadi. Chap oyoqda aylanib turib, o‘ng oyog‘ini 
tizzadan sal bukiladi va chap oyoqqa yaqinlashtiradi (tizzani-tizzaga) 
va ayni bir paytda tosni chapga buradi.


482
Har bir burilishdagi yakka tayanchli fazaning birinchi qismida 
bosqonning harakat tezligi birmuncha kamayadi, chunki yirik mushak-
larning ish sharoiti qiyinlashadi.
Bosqon sharining yuqori nuqtadan quyi nuqtaga tushish harakati 
vaqtida uloqtiruvchi chap oyog‘ining tagida aylanishni davom ettiradi 
va bu oyoq 180
0
ga burilib, tizza bo‘g‘imida bir oz bukiladi.
Uloqtiruvchi gavdasini burishni tamomlagach, o‘ng oyog‘ini 
chap oyog‘i bilan bir chiziqda yerga qo‘yadi va yakka tayanchli 
fazadan qo‘sh tayanchli fazaga o‘tadi. O‘ng oyoq tagi to‘liq yerga 
qo‘yiladi. Bu paytda garchi gavda ko‘proq chap oyoq ustida bo‘lsa 
ham bosqonning tortish kuchini asosan o‘ng oyoq bilan tutib turadi. 
O‘ng oyoq tizza bo‘g‘imidan 140-150
0
ga, chap oyoq esa 95-100
0
ga 
bukiladi. Uloqtiruvchi tosni burish bilan «gavdani unga qayirishga» 
erishadi. Bu paytda qorin va orqa mushaklari ancha cho‘ziladi.
Har qaysi burilishda tos va elka kamarining siljitish yuz beradi. 
Burilishning birinchi yarmida qo‘sh tayanch fazasida turgan 
uloqtiruvchi yelka kamarini chapga, dastlabki holatga buradi. Har bir 
burilishning ikkinchi yarmida esa uloqtiruvchi chap oyoqda aylanib, 
tosni yelka kamari nisbatan tezroq buradi. Har qaysi burilishning 
oxirida uloqtiruvchining gavdasi yana bosqon harakatini tezlashtirish 
uchun qulay holatga keladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling