Yengil atletika va uni
Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burilishga kirish.
Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari. Uloqtiruvchi birin chi
burilishni bosqon gavdaning o‘ng tomonida yelka bo‘g‘imi baland- ligi gacha tushgan paytidan boshlaydi. Qolgan burilishlar oldingi burilishlardan keyin, o‘ng oyoqni yerga qo‘yishdan boshlanadi va bunda bosqon shari o‘ng tomonda taxminan yelka bo‘g‘imi balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi. Bu paytda gavda chapga engashadi, oyoqlar sal bukilgan bo‘ladi, lekin chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan. Burilishga kirish. Hamma burilishlar ham uloqtiruvchining elka bo‘g‘imini chapga aylantirishi bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi bosqonni pastga eng quyi nuqtagacha siljitib, elka kamarini tos bilan bir tekislikda joylashadigan holatgacha chapga buradi va chap oyog‘ini yozib, gavdasini bir oz orqaga tortadi. Har bir burilgan sayin bosqonning tortish kuchi (markazdan qochuvchi kuch) orta borishi tufayli gavda orqaga ko‘proq tortila boradi. Bosqonning eng quyi nuqtasi birinchi burilish vaqtida uloqtiruvchidan o‘ng va pastroqda, uning tosiga nisbatan taxminan 30-40 0 holatida bo‘ladi. Burilish vaqtida bolg‘aning aylanish sathi chapga siljishi sababli quyi aylanish tomoniga qarab siljishi mumkin. Eng yaxshi uloqtiruvchilarda bu nuqta tananing o‘rta chizig‘idan (sagittal yuzadan) siljib o‘tmaydi, lekin uchinchi burilishda unga yaqinlashuvi mumkin. Agarda bu 480 nuqta tananing o‘rta chizig‘idan o‘tsa, bosqon harakatini tezlashtirish qiyinlashadi. Uloqtirish natijasi ham past bo‘ladi. Uloqtiruvchi yelka kamarini toki tos sathi bilan tenglashguncha chapga buradi. Qo‘llarini oldindan-o‘ngdan siljitadi chap qo‘l bosqon bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda bosqon shari sportchining chap qo‘l bosqon bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda bosqon shari sportchining o‘ng oyoqning tizzasigacha pastga tushadi. Burilishlar vaqtida boshni dastlabki aylantirishdagi kabi to‘g‘ri tutish kerak. Boshni sal chapga qiyshaytirish mumkin, lekin har doim bolg‘a tomonga qarab turish lozim. Yelka kamari tos bilan bir (frontal) yuzaga o‘tgan zahoti, uloqtiruvchi chap oyoq tovonida va o‘ng uchida chapga aylana boshlaydi. Buning natijasida chap qo‘l bilan bir chiziqda turgan bolg‘a ham chapga qarab tortiladi. Uloqtiruvchining ikkala oyoqda aylanishi gavda chapga burilib bo‘lguncha davom etadi (birinchi burilishda dastlabki holatdan 90 0 , ikkinchi va uchinchi burilishda esa 75 0 -80 0 gacha). Uloqtiruvchi chapga aylanish bilan bir vaqtda oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan sal yozadi. Tana og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi. Shunday keyin chala yozilgan o‘ng oyoq bilan siltanib, faqat chap oyoqqa o‘tadi. Birinchi burilishda bosqon shari uloqtiruvchining dastlabki holatidan chap tomonda yelka bo‘g‘inlari balandligigacha ko‘tariladi. Ikkinchi va uchinchi burilishlarda esa yelka bo‘g‘inlaridan ancha pastda bo‘ladi. Uloqtiruvchi har bir burilishda bir yarim-ikki poy orqaga, uloq- tirish tomoniga siljiydi. Burilishlar vaqtida o‘ng oyoq poyi chap oyoq qa yaqinlashtiriladi. Demak, uloqtiruvchining poylari uloqtirish yo‘nalishida ikki parallel chiziq bo‘ylab emas, balki taxminan shu yo‘nalishda bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlar bo‘ylab siljiydi. Poy uchlari sal kerilgan bo‘ladi. Uloqtiruvchining qo‘sh tayanch fazasida aylanishni tezlashtirishda qatnashuvchi yirik muskul gruppalarining ishi uchun qulay sharoit 481 vujudga keladi. Shuning uchun har bir burilishning qo‘sh tayanch fazasi bosqonni tezlashtirish uchun eng qulay holatdir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling