Yengil atletika va uni


• 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish – 13,20; •


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

• 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish – 13,20;
• Balandlikka sakrash – 1 metr 88 sm;
• Yadro uloqtirish – 15 metr 20 sm;
• 200 metr masofaga yugurish – 22,20;
• Uzunlikka sakrash – 7 metr 10 sm;
• Nayza uloqtirish – 55 metr;
• 800 metr masofaga yugurish – 2:06,30.
So‘zsiz ravishda, yettikurashda sportchilarning maksimal dara-
jada rivojlantirilishi barcha jismoniy sifatlarning optimal birlikda 
rivojlantiriishi sharoitida, ya’ni barcha turlar bo‘yicha texnik mahorat 
darajasining nisbatan yuqori darajada egallanishi imkonini beruvchi 
sharoitdagina qo‘lga kiritilishi mumkin. 
Tayyorgarlik davrida I bosqichda (yuklamalarga oid) mashg‘u-
lotlarning haftalik namunaviy rejasi
Birinchi bosqichning vazifasi – yettikurash bo‘yicha uchinchi 
razryadga qo‘yiluvchi normativlarni bajarish.
Dushanba. 400 metr va 800 metr masofalarga sekin yugurish. 
Bo‘g‘imlarda harakatchanlikni rivojlantirish (10 minut). Tezislar osha 
yugurish ustida ishlash: joyida turgan holatda maxsus mashqlarni 
bajarish (15 minut).
5 ta to‘siq (h = 74.6 sm) orqali yurish (6 marta takroriyligida 
bajariladi).
Tezlik – kuch sifatlarini rivojlantirish (uchta seriyada bajariladi): 
tik holatda oyoqlarda sakrash (50 metr masofaga), bitta oyoqda (har 
biri oyoqda) (30 metr masofaga), bitta oyoqdan ikkinchisiga tashlab 


543
sakrash (50 metr masofada bajariladi), arg‘amchi yordamida (50 
marta), sakrashlar (50 metr masofada). Qayta tiklanish (7 minut).
Seshanba. Dam olish.
Chorshanba. 400 metr masofaga sekin yugurish, umumiy rivoj-
lantiruvchi mashqlar. 800 metr masofaga sekin yugurish, egiluv-
chanlikni rivojlantirish (10 minut). Maxsus yugurish mashqlari 3 × 
40 metr, joyida turgan holatda, 1, 2, 3 qadamlab 5 marta uzunlikka 
sakrash, sonni baland ko‘tarish bilan yugurish (6 – 8 marta), yugurish 
tipida qadam tashlash (10 marta).
Tiqma koptok bilan mashqlarni bajarish (100 marta tashlash).
10 × 80 metrga takroriy holatda yugurish, erkin holatda yugurish.
Qayta tiklanish: bo‘shashish va nafas olish mashqlari (7 minut).
Payshanba. Dam olish.
Juma. 400 metr va 800 metr masofaga sekin yugurish, egiluv-
chanlikni rivojlantirish (10 minut). Yoy bo‘ylab yugurish mashqni 
bajarish. Balandlikka sakrash – maxsus va tayyorgarlik mashqlari 
(siltashlar, yurish va siltash, predmet ustida turish, joyida turgan holatda 
sakrash). Nayza uloqtirish – uloqtirish ko‘nikmalarini o‘zlashtitrish 
uchun mashqlar (o‘tirgan holatda). Takroriy tavsifdagi yugurish (6 × 
150 metr).
Shanba. 400 metr va 800 metr masofalarga sekin yugurish. Bo‘-
g‘im larda harakatchanlikni rivojlantirish (10 minut). 
To‘siqlar (h = 76,8) osha yugurish ustida ishlash, 8 marta. Bitta 
to‘siqni oshib o‘tish texnikasini o‘zlashtirish. 5 × 50 metr qadamda 
sakrash, sport o‘yinlari yoki harakatchan o‘yinlar (30 minut). 
Bo‘shashish va nafas olish mashqlarini bajarish.
Yakshanba. Dam olish. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling