Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Start tezligini olish. Har bir mashg‘ulotda uni o‘rganishga e’tibor 
qaratish kerak. Qadamlarni aniq mo‘ljallash zarurati katta murakkablik 
tug‘dirib, tinimsiz mashq qilishni talab etadi. Lekin bu faoliyatning 
faqat tashqi tomonidir. Uning asosiy qiyinchiligi tezlik dinamikasi va 
ritmni o‘zlashtirishidadir. 
Start tezligini olishni o‘rganishda bir g‘ovni yugurib o‘tish yetarli 
bo‘ladi. Lekin itariluvchi oyoq g‘ov ortiga faollik bilan tushirilgach, 
ya’ni g‘ovlar orasidagi birinchi qadam yakunlanganidan keyingina 
mashq tugashi mumkin. Faqat shu holdagina dastlabki g‘ovning oshib 
o‘tilishi start tezligini olishni o‘rganish vazifasini muvaffaqiyatli 
hal etadi va g‘ovlar orasida yugurishda hech qanday qo‘shimcha 
hodisalarga sabab bo‘lmaydi. Sportchi mashqni yana ko‘p marta 
tak rorlash uchun kuchini saqlab qoladi. Malakali sportchilar har 
bir maxsus mashg‘ulotda badan qizdirish mashqlarining davomi 
sifatida bittadan g‘ovni 4-8 marta yugurib o‘tadilar. Vaqt-vaqti bilan 
mazkur mashqqa butun mashg‘ulotni bag‘ishlab, unda bu mashqni 50 
martagacha takrorlay-dilar. Ayniqsa, 7 va 8-qadamni bajarishga ko‘p 
vaqt ajratadilar.
O‘rgatishda dastlabki mashg‘ulotlarning boshida yugurishga ko‘p 
kuch sarflamaslik maqsadga muvofiq. Tezlik ritmik tarzda oshirib 
borilishi, so‘nggi ikki qadam va g‘ovdan oshib o‘tish esa eng faol 
ravishda bajarilishi lozim. Keyinchalik barcha sportchilar uchun 1-2 
g‘ovni oshib o‘tish muayyan qiyinchilik tug‘diradi, chunki g‘ov tomon 
maksimal tezlik, g‘ovni ishonch bilan oshib o‘tish hamda g‘ovlar 
orasidagi yugurishni o‘zaro birlashtirish zarur.
Startdan yugurib kelishni yaxshi o‘zlashtirib olishning asosiy 
vositasi pastki startdan 2-4 g‘ovdan oshib yugurish hisoblanib


196
g‘ovlarni joylashtirishning turli variantlaridan foydalanish mumkin: 
1) bir xil balandlikdagi g‘ovlar; 2) har bir keyingi g‘ov avvalgisidan 
balandroq; 3) startdan tezlik olish 10 qadamga yetkazilgan (yigitlarda 
– 17-18 m; qizlarda 16-16,5 m).

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling