Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar. To‘siqdan o‘tishga birinchi urinishlar kichik 
tezlikda bajariladi. To‘siqdan o‘tgandan keyin to‘xtab qolmaslikka 
ko‘proq e`tibor beriladi. Boshda balandligi 70 – 80 sm g‘ovlardan 
o‘tgan yaxshi. To‘siqdan keyin keragicha nari borib tushish uchun (3 m 


209
66 sm gacha) to‘siqdan oldingi yugurib kelish tezligini oshirish kerak
ikkala oyoq bilan baravar yerga tushishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
3 – vazifa. To‘siqdan tayanchsiz usulda (odimlab) o‘tish texnikasini 
o‘rgatish.
Vositalar: 
1.Balandligi 76,2 – 91,4 sm yengil (oddiy) to‘siqlardan tayanchsiz 
usulda o‘tish. 
2. 3000 m yugurish uchun mo‘ljallangan to‘siqlardan o‘tish. 
To‘siqlardan tayanchsiz usulda o‘tishni o‘rgatish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar. Texnikani o‘rgatishda osharlarning meto-
dik yo‘llari bilan maxsus mashqlaridan foydalaniladi. O‘rgatish uchun 
oldiniga qo‘zg‘aluvchan yengil g‘ovlar, keyin balandligi 70 -80 sm 
qo‘zg‘almaydigan to‘siqlar, undan keyin esa balandligi 91,4 sm 
g‘ovlar ishlatiladi. Shug‘ullanuvchilarning U.O.M ni mumkin qadar 
g‘ovga yaqinroq o‘tkazishlariga ko‘proq e’tibor berish kerak.
4–vazifa. Yugurish va to‘siqlardan o‘tish texnikasini takomil lash-
tirish. 
Vositalar: 
1. Musobaqa qoidasiga binoan yugurish yo‘lkasining doirasi 
bo‘ylab joylashgan chuqurdan o‘tib, 200 m va undan ortiq masofa 
bo‘laklarida yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Texnikani takomillashtirishda to‘siqlardan 
tejamli va tez o‘tishga, to‘siq oldida va to‘siqdan keyin to‘xtab 
qolmaslikka erishish kerak. «Tezlikni his etish»ni oshirish uchun, o‘rta 
masofalarga yuguruvchilarga ko‘rsatilgan metodik qo‘llanmalardan 
foydalaniladi.
To‘siq oldida depsinadigan joyga aniq tushishga yordam beruvchi 
ko‘zda mo‘ljal olishni yaxshilash uchun, har xil masofadan tezlikni 
pasaytirmay yugurib kelib, to‘siq oshadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling