Yengil atletika va uni
VII BOB. 3000 m ga TO‘SIQLAR OSHA YUGURISH
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
VII BOB. 3000 m ga TO‘SIQLAR OSHA YUGURISH
7.1. To‘siqlar osha yugurishning rivojlanishi To‘siqlar osha yugurish (stiplchez) yengil atletika sport turi sifatida Angliyada vujudga kelgan. To‘siqlar osha yugurish bo‘yicha dastlabki musobaqa 1837-yilda Regbi shahrida o‘tkazilgan. To‘siqlar osha yugurish sport turi 1900-yilda Parij shahrida o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida dastur tarkibiga kiritilgan. Bu musobaqalarda ikkita masofada bellashuvlar tashkil qilingan bo‘lib, jumladan, 2500 metr masofada kanadalik D.Orton 7.34,4 natija bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan, 4000 metrlik masofada esa – angliyalik D.Rimmer 12.58,4 natija bilan birinchilikni egallagan. 3000 metr masofada to‘siqlar osha yugurish musobaqalari birinchi marta Antverpen shahrida (Belgiya) o‘tkazilgan VII Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bu musobaqalarda angliyalik P.Xodj 10.04,0 natijani qayd qilib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqt davomida ko‘plab yirik musobaqalarda finlyandiyalik yuguruvchilar stiplchez sport turida ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishgan. Belgilangan masofani tezroq bosib o‘tishda 1922-yilda P.Nurmi 10 minut (9.54,2) natijani qayd qilgan holatda birinchi chempion sifatida tan olinadi. Navbadagi o‘tkazilgan to‘rtta (1924-yildan 1936-yilga qadar) stiplchez sport turi bo‘yicha musobaqalarda finlyandiyalik sportchilar 12 tadan 9 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Shuningdek,, V.Rittola, T.Loukola va V.Iso – Hollo (ikki marta) Olimpia chempionlari sifatida shohsupadan o‘rin egallashgan. Biroq, belgilangan masofani 9 minut davomida bosib o‘tishda 1944-yilda Shvetsiyalik E.Elmsetterga teng keladigan sportchi topilmagan (8.59,6). Olimpiadalarda keniyalik sportchilar (jumladan, 1976 va 1980-yillarda Keniya Olimpia o‘yinlarida ishtirok etishdan voz kechgan holatlar mustasno sifatida) yutuqlarni qo‘lga kiritishgan, 1992-yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan musobaqalarda ushbu mamlakat vakillari deyarli barcha sharafli o‘rinlarni band qilishgan. Jumladan, Olimpia chempionlari sifatida – A.Bivott (1968-yil, 8.51,02), K.Keyno (1972-yil, 8.23,64), D.Korir (1984-yil, 8.11,80), D.Kariuki (1988-yil, 8.05,51), M.Birir (1992-yil, 8.08,94) 205 D.Keter (1996-yil, 8.07,12), R.Kosgey (2000-yil, 8.21,43), E.Kemboi (2004-yil, 8.05,81) kabilar qayd qilingan. Dastlabki 8 minutlik to‘siqlarni oshib o‘tishni birinchi marta B.Barmasay (Keniya) 1997-yilda uddalagan (7.55,72). Hozirgi vaqtda dunyo rekordi (2004- yil 1 – noyabr sanasida o‘rnatilgan) S.Shaxin (Katar) 7.53,63 (Bryussel shahri, 2004-yil) hisobiga yozilgan, Yevropa miqyosidagi rekord esa – J.Maxmudu (Fransiya) 8.07,62 (Bryussel shahri, 1984-yil) tomonidan qayd qilingan. XX asrning so‘nggi-yillari davomida 3000 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqalar amalga oshirila boshlangan. Biroq, bunda qayd qilingan natijalar anchagina pastligi sababli ayollar o‘rtasida 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish musobaqalari Olimpia o‘yinlari, Dunyo chempionati va Yevropa chempionati musobaqalari dasturi tarkibiga kiritilmagan. 2008-yil olimpiada o‘yinlari dasturiga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha musobaqalar kiritilgan va o‘sha-yili dunyo rekordini rossiyalik Gulnara Samitova – Galkin o‘rnatdi. Hozirgi vaqtda to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi 3000 metr masofada qatarlik Saif Shaxinga tegishli bo‘lib, 2004-yil, 7:53,63s natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi 3000 metr masofada rossiyalik Gulnara Samitova - Galkin 2008-yil, 8:58,81s natijani qayd etgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling