Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

31-rasm. Suv to‘ldirilgan to‘siqdan o‘tish
Yerga tushishda oyoq uchidan boshlab tayanchga tushadi. Shu 
paytda oldinga harakat kamroq tormozlanishi uchun, U.O.M yerga 
tushish joyiga yaqinroq bo‘lishi kerak.
Silkinch oyoq yerga tekkan paytda, tezlikni kamaytirmay, birinchi 
qadamni tezroq qo‘yish uchun, depsinuvchi oyoq gavda tomon tortila 
boshlaydi.


208
Ikkala oyoq bilan chuqurga tushish odatda to‘xtab olishga olib 
keladi. Bunday holda yuguruvchi yugurishni qaytadan boshlashi kerak 
bo‘ladi. Ho‘l poyabzal ham yugurishni qiyinlashtiradi.
7.3. 3000 m ga to‘siqlar osha yugurish 
texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Shogirdlar jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan bo‘lsalar va 
tekis yugurish texnikasini bilsalar, 3000 m ga to‘siqlar osha yugurish 
texnikasini o‘rgatish muvaffaqiyatli o‘tadi. Bundan tashqari, 
to‘siqlardan o‘tish texnikasini bilib olish uchun koordinatsiya qobilyati 
va shug‘ullanuvchilar irodaviy fazilatlarining ham katta ahamiyati bor.
Quyidagi o‘rgatishning ayrim vazifalari, ularni hal etish vositalari 
va metodik ko‘rsatmalari berilgan.
1 – vazifa. Tekis yugurish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar: 
1. «O‘rta va uzoq masofalarga yugurish» bo‘limida ko‘rsatilgan 
tayyorlov mashqlari va metodik yo‘llar.
2 – vazifa. Suv to‘ldirilgan chuqurdan o‘tish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar: 
1. Suv to‘ldirilgan chuqurdan o‘tish texnikasi bilan tanishtirish 
(so‘zlab berish va ko‘rsatish). 
2. «Bosib o‘tish» usuli bilan bitta to‘siqdan o‘tish. 
3. «Bosib o‘tish» usuli bilan bir-biridan 20-30 metr masofada 
o‘rnatilgan bir necha g‘ovdan o‘tish. 
4. Bir to‘siqdan «bosib o‘tgandan» keyin, qadamlab sakrab, yugu-
rishga o‘tish. 
5. To‘siq bilan suvsiz chuqurdan o‘tish (chuqurning tubi va yerga 
tushish joyi yumshoq kigiz bilan qoplanadi). 
6. Musobaqa qoidasiga binoan jihozlangan to‘siqlardan (to‘siq va 
suv to‘ldirilgan chuqurdan)o‘tish. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling