Yengil atletika va uni


To‘siqlar osha yugurish texnikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

7.2. To‘siqlar osha yugurish texnikasi
Musobaqa qoidasiga binoan g‘ov ustiga oyoq qo‘yib ham, oyoq 
qo‘ymay ham o‘tish mumkin. Shuning uchun sportchilar to‘siqdan 
«bosib» yoki odatdagi g‘ov oshar qadam bilan o‘tadilar. Eng usta 
yuguruvchilar ikkinchi usulni qo‘llaydilar.
Yugurish texnikasida qiyinchilik, to‘siq oldida depsinish joyini to‘g‘ri 
aniqlashdadir, chunki shunchalik uzoq masofani ma’lum miqdorda 
qadamlar bilan yugurib o‘tish mumkin emas. Eng usta sportchilar 
to‘siq oldiga qadamlar ritmini va yugurish tezligini o‘zgartirmay 
yaqinlashadilar. Depsinuvchi oyoqni g‘ovdan ma’lum masofada 
qo‘yish uchun, ko‘z bilan mo‘ljal ola bilishi kerak. Bu esa mashg‘ulot 


206
va musobaqalar jarayonida kamol topadi. Bunda har ikkala oyoqda bir 
xilda depsinib g‘ovdan o‘ta olishning katta ahamiyati bor.
30-rasm. To‘siqdan o‘tish texnikasi
Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga 
nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to‘siqdan 140 – 180 sm 
masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo‘yish kerak. Oxirgi qada-
mni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing U.O.M. proeksiyasiga 
yaqin qo‘yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi kuchining 
tormozlovchi ta’sirini pasaytiradi.
Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi bir oz oldinga 
engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga 
ko‘tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan 
qo‘l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi.
Tayanchsiz holatda silkinch oyoq to‘g‘rilanadi, gavda yanada 
oildinga engashtiriladi, depsinuvchi oyoqni esa bukib olg‘a tortiladi 
va yon tomonlab g‘ov ustidan o‘tkaziladi. Bu payt silkinch oyoq narigi 
tomonidagi qo‘l pastlab orqa tomon depsinuvchi oyoq qarshisiga 
harakatlanayotgan bo‘ladi.
To‘siqdan keyin silkinch oyoq yerga erkin tushuriladi. Bukilgan 
depsinuvchi oyoq esa shu payt gavda oldida bo‘lib, g‘ovdan keyingi 
birinchi qadamni boshlashga tayyorlanadi. Yuguruvchining gorizontal 
tezligi pasaymasiligi uchun, gavdani orqaga yugurish kerak.
To‘siq bilan yerga tushadigan joy orasidagi masofa 100 -130 sm 
o‘rtasida bo‘ladi.
To‘siqni «bosib» o‘tish unchalik samarali bo‘lmay, u faqatgina 
o‘rgatish va mashg‘ulotning dastlabki paytlarida qo‘llaniladi. 


207
Gavda ning U.O.M. to‘siqga juda ham yaqin o‘tishi uchun, to‘siqga 
qo‘yiladigan oyoq juda ham bukilishi, yelkalar esa oldinga 
engashmog‘i kerak. Oyoqni g‘ovga qo‘yishda, qo‘lni to‘siqga tirab, 
gorizontal tezlikni kamaytirib qo‘ymaslik uchun, yuqoridan pastga 
tomon mayin qo‘yish kerak. To‘siqdan depsinishda tekis yugurishdagi 
kabi kuch bilan depsinish kerak.
Eng qiyin to‘siq – suv to‘ldirilgan chuqurdir. Unga yaqinla sha yot-
ganda (15 – 20 m naridan) yugurish tezligi oshiriladi. To‘siqustiga 
odat da kuchli (depsinuvchi) oyoq qo‘yiladi, bu suv to‘ldirilgan 
chuqurdan sakrab o‘tish imkonini beradi. To‘siqdan tejamliroq o‘tish, 
undan kuchliroq depsinish uchun yuguruvchi tayanch oyog‘ini qattiq 
bukadi, gavdasini ko‘proq oldinga engashtiradi. Depsinayotgan 
paytda bukilgan bo‘sh oyoq bilan shu oyoq narigi tomonidagi qo‘lning 
silkinch harakati katta ahamiyatga ega. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling