Yengil atletika va uni
G‘ovlar orasida yugurish ritmi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
G‘ovlar orasida yugurish ritmi. Makon hamda vaqt ichida kuch-
lanish nisbatan qanchalik to‘g‘ri taqsimlanganligiga qarab harakat ritmini belgilash mumkin. Ritm harakatlarning majmuali tavsifi hisoblanadi. Ritmning to‘g‘riligi ko‘p jihatdan g‘ovlar balandligi va ularning joylashtirilishi birligi bilan belgilanadi. O‘rgatish chog‘ida g‘ovlar shunday joylashtirilishi kerakki, o‘quvchilar yugurishni kat- ta yoshli sportchilar ritmida amalga oshirsinlar: g‘ovlar orasidagi qadamlarni, g‘ovlardan tez va qiyalatib o‘tishni qadamlarni uzunligi va bajarilish vaqti bo‘yicha to‘g‘ri nisbatda bajarishni o‘zlashtirsinlar. Yosh g‘ovchi o‘z jismoniy va texnik tayyorgarligini yaxshilab borgani sayin yugurish tuzilishi hamda ritmini keskin o‘zgartirmagan holda g‘ovlarni mashg‘ulot uchun joylashtirish tartibini musobaqalar sharoitiga yaqinlashtirib boradi. G‘ovlar ancha baland, ular orasidagi masofa katta bo‘lsa, texnika- dagi xatolar ko‘payib boradi: g‘ovlar orasida uzaytirilgan qadamlar bilan yugurish, tizzasi yetarlicha bukilmagan oyoq bilan siltovchi harakatni bajarish, baland traektoriyada uchish va g‘ov ortiga sust harakat bilan “qo‘nish” odatdagi holga aylanadi. Bunday xatolar, hatto sezilarsiz bo‘lsa ham, ularni tuzatish juda qiyin, ba’zan texnikani to‘g‘rilash mumkin ham emas. Shunday qilib, g‘ovlar osha yugurish ritmini o‘rgatganda, g‘ovlarni qulay joylashtirish eng muhimidir. Shu sababli ko‘pincha soddalashtirilgan sharoitlar usulidan tez-tez foydalanib turiladi. Lekin soddalashtirish darajasi ham katta ahamiyatga ega. U har bir aniq holatda, antropometrik ko‘rsatkichlar va jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi. Sportchining bo‘yi balandroq bo‘lsa, g‘ovlar balandligi kamroq o‘zgartiriladi, ular orasidagi masofa esa kattalashtirilishi mumkin, bunda sportchi tang joyda erkin harakatlanishga o‘rgatiladi. Ba’zan soddalashtirish mutanosib ravishda amalga oshiriladi, masalan, 1-razryadli sportchilar uchun g‘ovlarni 7, 8 m masofada, 100 sm balandlikda, sport ustalari uchun muvofiq ravishda 8, 9 m va 103 sm qilib joylashtirish optimal sanaladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling