Mustaqil ish mavzu: sport turlari


Download 228.08 Kb.
bet1/5
Sana27.01.2023
Hajmi228.08 Kb.
#1133721
  1   2   3   4   5
Bog'liq
referat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IQTISODIYOT” FAKULTETI


BANK ISHI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: SPORT TURLARI


Bajardi : FU-22 1-kurs talabasi
Abdullayeva Joziba
Qabul qildi: ____________


Toshkent-2022

SPORT TURLARI HAQIDA MA'LUMOT


Erkin kurash
Erkin kurash - (ingl. Freestyle wrestling, frans. Lutte libre ) yakkakurash sport turlaridan biri. Ikki sportchining bir nechta sport usullari orqali bajaradigan harakatlari orqali bahslashiladi. Yunon-rum kurashidan farqli o'laroq bu sport turida sportchini oyoqlaridan ushlab usul qo'llash mumkun. Erkin kurash zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari start olgan 1896-yildan buyon dasturda boʻlib kelgan.
Erkin kurash — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg , ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar qurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Tarix
Qadimdan koʻplab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi Erkin kurashda qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (qarang:Kurash). Yunonistondaoʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga miloddan avvalgi 708 yildan boshlab Erkin kurashga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Erkin kurashning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1894 yilda AQShning SentLuis shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. Erkin kurash musobaqalari 1904 yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan. oʻyinlari va yunonrum kurashi turlarini rivojlantirish maqsadida 1912-yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (FINA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992-yildan) aʼzo. Erkin kurash boʻyicha 1951-yildan erkaklar, 1995-yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.

Download 228.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling