Mustaqil ish mavzu: sport turlari
OʻZBEKISTONDA ERKIN KURASH
Download 228.08 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yunon-rum kurashi
OʻZBEKISTONDA ERKIN KURASHOʻzbekistonda Erkin kurash 20-asrning 50-yillaridan ommalasha boshladi. 1956 yildan erkaklar, 2003 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazilayapti. 20-asrning 90-yillaridan "Mustaqillik kubogi" Granpri musobaqasi, yoshlar oʻrtasida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarning tashkil etilayotgani mamlakatda Oʻzbekistonda Erkin kurashning rivojlanishiga zamin yaratdi. Kursat Ablayev, Georgiy Vanyuxin, Aleksandr Gorelik, Qoʻldosh Asraqulov, Obid Nazirov, Rahmonberdi Ahmedov, Salim Abduvaliyev, Maʼmur Roʻziyev kabi murabbiylar rahbarligida Leonid Shipilev, Arsen Fadzayev, Maxarbek Xadarsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazovsingari erkin kurashchilar olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Konstantin Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir Gʻulomov kabi oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro erkin kurash musobaqalarini boshqarishadi. Respublikadagi 715 ta sport maktabi va toʻgarakda 286 murabbiy qoʻl ostida 8780 kishi erkin kurash bilan shugʻullanadi. Ulardan 4807 nafari sport darajasi va unvoniga ega. Oʻzbekiston oʻzi ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan 5 ta Yozgi Olimpiada Oʻyinlarida jaʼmi 20 ta medal olgan boʻlsa, shundan 7 tasi (4 ta oltin va uchta kumush) kurashchilari hissasiga toʻgʻri keladi. Yunon-rum kurashi — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashik. musobaqalari diametri 9 m (oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min.dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek. Yunon-rum kurashik.da erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1,2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokor qaroriga qoʻra olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi. qadimiy koʻp xalqlarning milliy kurash turlarida zamonaviy Yunon-rum kurashik.da qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (q. Kurash). Misrdagi mil. av. 260 yillarga oid yodgorlik toshlaridagi suratlarda hozirgi Yunon-rum kurashik. usulida olishayotgan polvonlar aks ettirilgan. Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil. av. 708 yildan boshlab Yunon-rum kurashik.ga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Rimda mil. av. 284 yildan Yunon-rum kurashik.ni eslatadigan musobaqalar oʻtkazilgan. Yunon-rum kurashik.ning zamonaviy qoidalari 19-asr boshlarida Fransiyada ishlab chiqilgan va shu qoidalar asosida Parijda 1848 yilda ochilgan kurash zalida musobaqalar tashkil qilish anʼanaga aylangan. Unda Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan polvonlar ham ishtirok etishgan. Yunon-rum kurashik. musobaqalari 1896 yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan va oʻsha yildan Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi taklifiga koʻra, rasman Yunon-rum kurashik. deb atala boshlangan. Yunon-rum kurashik. boʻyicha 1904 yildan professional (1950 yildan havaskor) kurashchilar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Yunon-rum kurashik. va erkin kurash turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (GʻPA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992 yildan) aʼzo (2004). Oʻzbekistonda Yunon-rum kurashik. 19-asrning oxirlaridan ommalashgan. Bunda sirkda tashkil etilgan bellashuvlar muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan Ahmad polvon shunday musobaqalarda ishtirok etgan. Yunon-rum kurashik. qoidalarining milliy qurash qoidalariga bir qadar oʻxshashligi bu sport turining mamlakatda tez rivojlanishga zamin yaratdi. Lev Turin, German Sandler, Rifat va Abdulmajid Ablayev kabi murabbiylar rahbarligida Yuriy Zelenin, Hamid Vohidov, Rustam Kazakov, Komil Fatkulin, Asliddin Xudoyberdiyev, Dilshod Oripov, Aleksandr Dokturishivili singari Yunon-rum kurashik. ustalari olimpiada oʻyinlari, jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Mamlakatdagi 487 ta sport maktabi va toʻgarakda 191 murabbiy qoʻl ostida 5028 kishi Yunon-rum kurashik. bilan shugʻullanadi. Dzyudo Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 y.da asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi). D. boʻyicha musobaqalar 1883 y.dan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 y.da tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 y.dan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 y.dan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonda D. bilan 20-a.ning 80-y.laridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal b-n takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Dzyudo Dzyudo(yaponcha:柔道)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Yengil yoʻl“ maʼnosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur boʻlgan bu sport turi vatani Yaponiya boʻlib XIX asr boshlarida [2] 嘉納 治五郎 tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, Oʻzbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi. Download 228.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling