Mustaqil ish mavzu: sport turlari
Download 228.08 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karate
Sport gimnastikasi - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va erkin mashklar boʻyicha oʻtkaziluvchi musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Katta jismoniy kuch, chaqqonlik, qoʻrqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab etadi. Zamonaviy S.g .ga 19-a. boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) acoc solgan. 1973 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy S.g . dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir mashqda majburiy (Xalqaro S.g . federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan) kompozitsiya boʻladi. Mashklarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi. Xalqaro S.g . federatsiyasi FIJ (1881 y. tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda S.g . keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻilqizga ustozlik qiladi. Xalqaro toifadagi sport ustalari O. Chusovshpina, A. Gordeyeva 2004 y. Afinada boʻlib oʻtadigan 28yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A. Fokin, A. Markelov, Oʻzbekiston sport ustalari F. Xoʻjayev, A. Ninkova, B. Gayfulina, N. Jalilova, S. Akopyans, K. Hasanov, I. Rahmatov, R. Osimov, I. Ponamarev va boshqa mamlakatimiz hamda xorijda oʻtkazilayotgan yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib keladi.
Gandbol Gandbol (nemischa hand - qo‘l, ball -to‘p), qo‘l to‘pi — sport o‘yini. 19-asr oxirida Yevropada paydo bo‘lgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; og‘irligi 325—475 g, aylanasi 54—58 sm bo‘lgan charm to‘p bilan o‘ynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, bal. 2 m bo‘lgan darvozalar o‘rnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 o‘yinchi qatnashadi. O‘yinchi to‘p bilan faqat 3 qadam qo‘yishi va uni qo‘lida 3 sekuntgacha tutib turishi mumkin. O‘yin 2 bo‘limdan iborat bo‘lib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 minut davom etadi. Xalqaro Gandbol federatsiyasiga (IHF; 1946 yil asos solingan) 106 mamlakat a’zo. 1972 yildan erkaklar, 1976 yildan ayollar Gandboli Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar o‘rtasida, 1956 yildan ayollar o‘rtasida jahon birinchiligi o‘tkaziladi. O‘zbekistonda Gandbol 1923—24 yillarda paydo bo‘lib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda o‘tkazilgan. 1991 yil O‘zbekiston Respublikasi Gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol bo‘yicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan O‘zbekistan chempionati muntazam o‘tkaziladi. O‘zbekiston Gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-o‘rinni egalladi va Germaniyada o‘tkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni M. Vasilev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning Gandbol rivojlanishida katta hissasi bor. O‘zbekistonda Gandbol 1923—24 yillarda paydo bo‘lib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda o‘tkazilgan. 1991 yil O‘zbekiston Respublikasi Gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol bo‘yicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan O‘zbekistan chempionati muntazam o‘tkaziladi. O‘zbekiston Gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-o‘rinni egalladi va Germaniyada o‘tkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni M. Vasilev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning Gandbol rivojlanishida katta hissasi bor. AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Polsha, Rossiya kabi davlatlarda Kamondan otish keng yoyilgan. O‘zbekistonda Kamondan otish 20-asrning 60-yillaridan ommalashdi. Respublikamizning Natalya Butuzova, Olga Rogova, Vadim Shikaryov, Surayyo Vakilova, Eldor Sayfullin, Zamir Axmedov kabi kamonchilari jahon, qit’a chempionatlari va nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozonishgan. KarateKarate (yaponcha — hech narsasiz qo‘l bilan) — qurolsiz o‘zini-o‘zi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qo‘l yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi. Karatening hozirgi qoidalari 20-asrning boshlarida yaponcha jiujitsu yakkakurashini takomillashtirish asosida shakllangan. Uning dastlabki usul va qoidalarini G.Funakosi (1869— 1957, Yaponiya) ishlab chiqqan. Karatechilar 8x8 m tatamida yakkama-yakka yoki jamoa bo‘lib musobaqalashadi, bajarilgan zarba usullariga qo‘yilgan baholarga qarab g‘oliblar aniqlanadi. Xalqaro Karate federatsiyasi (WUKO)ga 1968 yilda asos solingan. U 157 milliy federatsiyani birlashtiradi (2002), O‘zbekiston milliy Karate federatsiyasi unga 1996 yilda kirgan. 1970 yildan jahon chempionatlari o‘tkazib kelinadi (har 2 yilda). Download 228.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling