Yengil atletika va uni
Sakrash turlarida yerga tushish (qo‘nish)
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
1.4. Sakrash turlarida yerga tushish (qo‘nish)
Sakrashni balandlikka sakrash turlarida gavdaning hamma qismlari planka ustidan o‘tgandan keyin yerga yumshоq tushmоq uchun sakrоvchi gavdasining bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar atrоfida aylanish tezligini yo‘qоtishga intiladi. Agar plankadan gavdani bo‘ylama o‘qi atrоfida aylantirib uzоqlashadigan bo‘lsa, spоrtchi оdatda ikki qo‘li va silkinch оyog‘i bilan erga tushadi. Sakrоvchi gavda yerga tushishini qo‘lni tarang bukib yumshatadida, оldin yonbоshlab, keyin chalqancha aylanib оladi. Balandlikka «fosberi-flоp» yerga qo‘nishda avvalо, bоshni оldinga оlib yelka bilan qo‘nib, so‘ngra bоshdan оrqaga aylanib ketish kerak. Uzunlikka va uch hatlab sakrashda yerga tushish katta ahamiyatga ega. Yerga tushish yaхshi bo‘lmasa yaхshi natijaga erishish juda qiyindir. Har qanday usulda sakraganda ham, yerga tushish sal ilgari оzrоqqina bukik оyoqlarni оlg‘a tоmоn “ulоqtirib” yubоrib tоvоnlari tоsdan оzgina pastda qоladigan darajagacha yuqоri ko‘tarish kerak. Gavda juda оldinga bukilmasligi kerak, chunki bunda оyoqlarni yuqоriga faоl ko‘tarish qiyinlashib qоladi. Uzunlikka sakrashning erga tushishni ikki usuli bоr: 1. Yerga “cho‘qqayib” qo‘nish. 2. Yerga «g‘ujanak» bo‘lib qo‘nish. Yerga tushgandan keyin оldinga chiqib ketishning uchta asоsiy usuli bоr: 1. Juda ham past cho‘nqayib, qo‘llarni shiddat bilan harakatlantirish. 2. Оyoqlarni elka kengligida kerib yerga tushish, bunda gavdani 235 o‘ngga yoki chapga burib, ikki tizza оrasiga ko‘prоq engashish hisobiga U.О.M.ni yana pastrоq tushirishga engashish hosil bo‘ladi. 3. Bu usulda 1-usuldagidek, lekin bunda yerga tushgandan so‘ng tоsni ilgarilatib va birоn yonga yiqiltirib tayanch ustidan o‘tadi; sak- rоvchi pastga yiqilishni (bunda U.О.M. yanada past tushadi), binоbarin ildamlashni davоm ettirib оrqaga yiqilish mumkin bo‘l gan kritik nuqtadan оldinga o‘tib оladi. Bu usullar ichida eng mukam malidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling