Yengil atletika va uni


Bu mashq 3-7 qadam yugurib  kеlib, 1-1,5 qadam oralig‘ida joy- lash tirilgan g‘ovlararo sakrab baja- riladi. 8


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

7.
Bu mashq 3-7 qadam yugurib 
kеlib, 1-1,5 qadam oralig‘ida joy-
lash tirilgan g‘ovlararo sakrab baja-
riladi.
8.
Oyoqlarni uzatish. Bu mashq 
sеriyali (5-6 sеkund ichida 1 
harakat) bajariladi. Oyoqlar 135˚ 
burchak atrofida yig‘iladi.
9.
Oyoqlarni ko‘tarish. Mashq 
o‘tirgan holda (20-40 kg.li yuk 
bilan) bajariladi. Har bir harakat 
5-b sеkundda takrorlanadi.
10.
Tos, orqa va qorin mushaklari kuchini rivojlantirish mashqlari. 
Mashq yotgan holda bajariladi. Zo‘riqish davomiyligi - 5-6 
sеkund.
11.
Uncha baland bo‘lmagan to‘siq 
osha sakrash. Mashq yondan yoki 
to‘g‘ri yugurib kеlib bajariladi.


307
12.
Tik turgan holda bir oyoqning 
tovonini ikkinchi oyoq tizzasiga 
tеgizish.
13.
5-8 qadam yugurib kеlib gim-
nastika yakkacho‘piga sakrab chi-
qish va 1-oyoq uchini 2- oyoq tiz-
zasi orqasiga o‘tkazish va yugu-
rib kеlib gimnastika taxtasi osha 
qo‘l ga tiralgan holda bir oyoqda 
sakrash.
14.
Ikki qo‘lga tiralgan holda otdan 
osha sakrash.
15.
Qorin bilan gimnastika yakka-
cho‘pida yotib, 1 oyoqni 2-oyoq 
soniga tеgizish va uzatib yakka-
cho‘p osha tushish.
16.
Gimnastika otiga xuddi planka-
dan o‘tayotgan holatdagidеk orqa 
bilan yotish holati.
17.
Tik holatdan asta-sеkin orqaga 
egilib, gimnastika ko‘prigi holatida 
turish.


308
18.
Gimnastika otiga to‘shamalarni joylashtirib, ot oldiga tik 
turiladi va orqa bilan xuddi plankadan o‘tayotgandеk sakrab, 
orqaga umbaloq oshib tushish.
19.
Xuddi shu mashqning o‘zi, faqat ikki oyoqda dеpsinib, 
o‘rnatilgan plankadan o‘tishni amalga oshirish. Balandlikdan 
oshib o‘tayotganda tеxnikaga e’tibor bеrish lozim.
20.
Shu mashqni maxsus richagda shеrik yordami bilan sakrab 
balandlikdan o‘tish. Mashqni bajarishda sakrovchining xavfsiz-
ligini ta’minlash maqsadida har ikki shug‘ullanuvchidan bir 
vaqtning o‘zida harakatni amalga oshirish talab etiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling