312
Shuningdek,, 5 metrlik balandlik zabt etilishi sportchilarning
sakrash davomida yerga tushish joyiga alohida diqqat – e’tibor
qaratish
talabini yuzaga keltirgan bo‘lib, bunda yog‘och material qipig‘i va
qirindisi o‘rniga yumshoq parolon materialdan foydalanishga o‘tilgan.
55-rasm. Langarcho‘p bilan sakrash yo‘lagi va joyi
Olti metrlik balandlik birinchi marta S.Bubka tomonidan
1985-yilda zabt etilgan bo‘lib, ushbu
sportchi tomonidan dunyo
rekordi o‘rnatilgan (6,14 metr).
Afina shahrida o‘tkazilgan XXVIII Olimpia o‘yinlarida chempion-
lar sifatida 5,95 metr natija bilan M.Timoti (AQSh), ayollar o‘rtasida
4,91 metr natija bilan E.Isinbaeva (Rossiya) kabi sportchilar qayd
qilingan. Hozirgi vaqtda langarcho‘p bilan balandlikka sakrash
bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi
Ukrainalik Sergey Bubkaga
tegishli bo‘lib, 1994-yil, 6,14 m natija qayd etgan bo‘lsa, langarcho‘p
bilan balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasida dunyo rekordi
rossiyalik Yelena Isinbayevaga tegishli u 2009-yil, 5,06
m natijani
qayd etgan.
5.2. Langarcho‘p bilan sakrash texnikasi
Langarcho‘p bilan sakrash texnikasini quyidagicha qismlarga ajra-
tish mumkin:
- yugurib kelish (bu o‘z ichiga langarcho‘pni yerga
–
tayanch
qutisiga qo‘yilishini);
- depsinish, sakrashni tayanch qismlari (osilish, siltanish, gavdani
to‘g‘irlash, tortilish va ko‘tarilish);
- tayanchsiz uchish (plankadan o‘tish);
- qo‘nish (yerga tushish).
313
Langarcho‘p bilan sakrashning boshqa
sakrash turlaridan farqi
shuki uning ko‘chma tayanch ya’ni langarcho‘p bilan bajarilishidir.
U yurib kelishdan, langarcho‘pni
yerga tirash va depsinishdan,
osilishdan, langarcho‘pda sakrovchining ko‘tarilishidan, plankadan
o‘tish va yerga tushishdan iboratdir.
Bu sakrash fazalari hammasi bir – biri bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum
bir ritmda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: