Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Depsinish. Bu faza depsinuvchi oyoqni depishning joyiga qo‘y-
gandan so‘ng uning uzilishigacha bo‘lgan davrgacha bo‘ladi. Langar- cho‘p bilan sakrashda depsinish boshqa sakrash turlaridan farqliroq qo‘lni silkinch harakatlarisiz bajariladi, chunki langarcho‘p oldinga va yuqoriga o‘zatilgan bo‘lib, sakrovchi xuddi langarcho‘pga depsin- gandan uni egilishiga majbur etadi (56-rasm). Depsinish vaqtida sakrovchi tezligini yo‘latmasdan yig‘ilgan gorizontal tellikni vertikalga o‘tkazishi lozimdir. Sakrovchi yugurib kelishda oyog‘ini uchidan boshlab yerga qo‘yib yuguradi, oxirgi ikki qadamda oyoq tagini to‘la yerga qo‘yadi. Yugurib kelish oxirida qadam uzunligi keskin o‘zgarmasligi kerak. Qadamlar ritma va ularning bajarilish texnikasini uzunlikka sakrashdagiga o‘xshashdir, bunda qo‘l harakatlarigina boshqacha bo‘ladi. Langarcho‘p tirashining oxiri va depsinishning boshida langar mumkin qadar yuqori ko‘tarilishi kerak. Sakrovchi langarcho‘pni hali yerda turib depsinayotganda ega boshlashi kerak. Buning uchun langarcho‘pning yuqori qismini to‘g‘irlangan (o‘ng) qo‘lda mahkam ushlab, butun yugurib kelish kuchini chap qo‘l vositasida oldingi siljitish va langarcho‘pni egishga yo‘naltirish kerak. Taxminan to‘g‘ri burak darajasida burilgan chap qo‘lini langarga tirab, sakravchi bor kuchini og‘ib turgan langarga perpendikulyar, ya’ni oldinlatib yuqoriga yo‘naltiradi. Shu vaqt 315 chap qo‘lni yozib yuborish mumkin emas, unga butun gavdani olg‘a yo‘naltirib faqat tayanib turilsa bas. 56-rasm. Langarcho‘p bilan sakrashda depsinish va osilish ketma-ketligi Chap qo‘l langarcho‘pni oldinga-yuqoriga yo‘naltirilayotganida, o‘ng qo‘l langarcho‘pning yuqorigi uching ushlab qoladi. Bunday usul depsinish vaqtidayoq langarcho‘pni egishga yordam beradi. Va shundan so‘ng sakrovchi yerdan depsinib langarcho‘pga oshishga o‘tadi. Bunda depsinuvchi oyoqni yerga qo‘yishdagi burchagi taxminan 60-63 o ni tashkil etadi, depsinish burchagi esa 75-78 o ni tashkil etadi. Depsinishning boshida tayanch kuchi vertikal bo‘yicha yuqori darajaga ya’ni 600 kg da bo‘ladi, gorizontal bo‘yicha esa 200 kg ni tashkil etadi, lekin depsingandan so‘ng bu kuchlanishlar 2-3 marta kamayadi. Langarcho‘pni tayanch holatiga keltirgandagi gorizontal kuchni urilishi 300 dan 350 kg gacha bo‘ladi. Bularning hammasi langarcho‘p bilan sakrovchilarni kuchini rivojlantirish bo‘yicha tayyorgarligiga katta talab qo‘yilishini ko‘rsatadi. Depsinishdan so‘ng sakrashni tayanch qismi boshlanadi, bunda qo‘ydagicha bo‘lish mumkin: osilish, siltanish, tanani bukish, tortishish va yuqoriga ko‘tarishlarga. Depsinishdan so‘ng sakrovchi langarcho‘pga osilishga o‘tadi. Osilish sakrovchi yerdan uzilgandan to gavdani cho‘pdan uzoqlashtirish boshlanguncha davom etadi. Osilish fazasi qisqa vaqt (taxminan 0,11- 0,12 sek) davom etadi. Langarcho‘pga osilishdan asosiy maqsad – gavdani yuqoriga uchun yetarli tezlikka “Sakrovchi langar” tizimi vositasida ortishidir. Bu, elastik langarcho‘p bilan sakraganda, asosan cho‘pning og‘irligini 316 davom ettirib, sakrovchi UOM dan tayanch nuqtasigacha bo‘lgan radiusni kamaytirish bilan bajariladi. Bunda sakrovchining UOM ma’lum darajada pastroqda (langarcho‘pni ushlash nuqtasiga nisbatan) bo‘lgani yordam beradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling