322
Asosiy vazifalarni hal etish uchun quyidagi vazifalar, vositalar va
uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Shug‘ullanunchilarga langarcho‘p
bilan sakrash texnika-
sini tanishtirish.
Vositalari:
1. Sakrash texnikasini namoyish qilish.
2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanib (kinogramma, kinokolstovka
va h. k.), texnika detallarini va xususiyatlarini tushuntirish.
2-vazifa. Langarcho‘p bilan yugurib kelishni o‘rgatish. Bu vazifa
keyingi vazifazar bilan parallel hal etiladi.
Vositalari:
1. Langarcho‘p bilan yurish va sekin yugurish.
2. Langarcho‘p bilan 40-50 m gacha tezlanishli yugurish.
Z. Langarcho‘p bilan va langarcho‘siz kela turib 20
m ni yugurib
o‘tish vaqtini hisoblash.
4. Oraligi turli xil masofadan yugurib kelib, langarcho‘pni qutiga
qo‘yish bilan ko‘zda mo‘ljal olishni yaxshilash.
5. Yugurib kelishni aniqlash va takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: