Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-vazifa.
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Ko‘rsatilgan vositalardan asosiylari –
dastlabki uchtasidir. Qo‘llarda tortilib ko‘tarilishga yo‘l qo‘ymay, muvozanatni saqlash va depsinishga e’tibor berish kerak. Qo‘llar sal bukilishi mumkin, lekin ularning haddan ortiq bukilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Osilgan paytda depsinuvchi oyoq orqada va to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor berish zarur. 4-vazifa. Langarcho‘pni quti devoriga tirashni o‘rgatish. Vositalari: 1. Turgan joyda va yura turib langarcho‘p qo‘yilishini taqlid qilish. Yura turib va sekin yugurayotib, qo‘llarni langarcho‘p bilan olg‘a chiqarish. Langarcho‘pning pastki uchi yerda sudralib boradi. 2. Shuning o‘zini sekin yugura turib, langar tagiga “kirish” holatida depsinib bajarish (qo‘llarning yuqoriga shiddat bilan to‘g‘rilanishiga va uchish paytida silkinch oyoqni tushirishga e’tibor berish lozim). 3. Yo‘lkaning raxiga, chuqurcha va shu kabi joylarga lan gar cho‘pni mashq qilib (ayniqsa, ochiq joylardagi mashqlarda) yurish. 324 4. Uchinchi vazifadagi uchinchi mashqni langarni beldan pastga tushirgan holatdan boshlab, uni tezroq boshdan yuqori ko‘tarishga intilib bajarish. 5. Langarni ilgarigi mashqda qo‘l sirpanib tushgan joyidan tutib, ikki qadamdan qadash (texnika tasviriga qarang). 6. Shuning o‘zini bir necha qadamdan bajarish. 7. Shuning o‘zini depsinib va langarga osilib qolib bajarish. 8. Shuning o‘zini 4 va 6 qadam yugurib kelib bajarish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Bu vositalarning asosiylari oxirgi to‘rt mashqdir. Bu vazifani bajarishda talabalar lapgarcho‘pni to‘g‘ri olg‘a emas, balki yuqorilatib olg‘a yo‘naltirishlariga e’tibor berish kerak. 4-6 qadam yugurib kelganda, langarni qadash paytini aniqlash uchun, depsinishdan 2 qadam ilgariroq belgi qo‘yib qo‘yish mumkin. Yugurib kelishni 12-13 oyoq tagi miqdorida uzaytira borish kerak; bu, taxminan, 2 yugurish qadamiga teng keladi. Tasvirlangan mashqlarni o‘zlashtirish jarayonida langarni qumga qadashdan maxsus qutiga qadashga o‘tish asta-sekin bo‘lishi lozim. Agar yugurib kelish uzoqlashgani munosabati bilan langarni qadashdagi ishonch sal o‘zgargudek bo‘lsa, goho-goho qumga qadashni takrorlab mashq qilish kerak. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling