Yengil atletika va uni
-vazifa. Planka ustidan o‘tish texnikasini o‘rgatish. Vositalari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
6-vazifa. Planka ustidan o‘tish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari: 1. Stul ustida bukilgan oyoqlarni yuqori ko‘tarib, yarim bukilgan qo‘llarda tik turish. Oyoqlarni tushirib, qo‘llarni tiklab, stul suyanchig‘i ustidan o‘tish. 326 2. Shu mashqning o‘zi, lekin gimnastik skameyka ustidan depsinib barer yoki planka ustidan o‘tish. 3. O‘tirgan holatdan aylanib, qo‘llarda tik turish. Shuning o‘zini planka ustidan aylanib bajarish. 4. Yugurib kelib, skameykadan yoki plintdan depsinib, plankadan sakrab o‘tish. 5. Qimirlamaydigan langarcho‘pdan planka ustidan o‘tish. 6. Yugurib kelib (6-8 iadamdan) o‘qituvchi yoki uning yordamchisi ushlab turgan plankadan sakrab o‘tish. Planka, taxminan, 160-180 sm balandda, qutining orqa devoridan esa 150-200 sm narida. 7. Qutidan 100-150 sm naridagi planka ustidan sakrab o‘tish. 8. Sakrash o‘zlashtirila borgan sari planka balandroq ko‘tarilib, qutiga yaqinlashtiraveriladi. Uslubiy ko‘rsatmalar. Planka ustidan tezroq o‘tishga harakat qilish barvaqt burilishga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda ikki oyoq bilan yuqoriga silkinishga, planka ustidan chalqancha yoki yonboshlab o‘tiladigan bo‘lsa, o‘z vaqtida burilishga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shuningdek,, plankadan uzqolashish va yerga tushishning to‘g‘ri bo‘lishiga ham e’tibor berish zarur. Birinchi sakrashlarda, sakrovchi tegmasdan o‘tishi uchun plankani qo‘lda tutib, past yoki baland qilib burish kerak. Bu sakrovchida ishonch hosil bo‘lishiga yordam beradi. 7-vazifa. Elastik langarcho‘p bilan sakrashni o‘rgatish. Sakrovchi temir yoki bambuk langarcho‘pda sakrashning texnika elementlarini o‘zlashtirgandan keyingina, elastik langarcho‘p bilan sakrashni o‘rgana boshlashi mumkin. Bu vaqtga kelib, sportchi 330-360 sm balandlikdan langarcho‘p bilan sakray olishi va elastik langarcho‘pni 4 m yuqorisidan tutib yugura olishi kerak. Oldinlari chuqurligi 40 sm dan normal 20 sm gacha o‘zgaradigan maxsus o‘quv qutisi ishlatib, o‘rgatish sharoitini yengillatsa ham bo‘ladi. Sportchi langarcho‘pni egib, o‘z kuchini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rgansin uchun, egiluvchanligi ko‘proq langarcho‘pdan ham foydalanish mumkin. Sakrovchi sakrash texnikasini egallab, langarcho‘pni ko‘lroq egish natijasida ma’lum kuch sarflashni o‘rgangandan keyin, ancha qattiqroq langarcho‘pga o‘tishi mumkin. Murabbiy langarcho‘p egilishini diqqat 327 bilan kuzatib borib, uni o‘z vaqtida almashtirish uchun maslahat berishi kerak. O‘quvchi biron texnika elementini noqulayroq bajarganda ham, yerga tushganda lat emaydigan hamma sharoit bo‘lishi kerak. Shuning uchun dastlabkn vaqtlarda tayanch qutining ikki yoniga ham porollon tiqilgan qoplar yoki gimnastik to‘shaklar solib qo‘yiladi. Ishonch bilan sakrashning ikkinchi sharti o‘rgatish tartibiga rioya qilishdir (shoshilinch o‘rgatish zarurati yo‘q bo‘lsa). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling