Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-vazifa.
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrovchining tosi langarcho‘pdan oldinga
o‘tib ketmasligi kerak. Uzoqlashayotganda kallani orqaga yoki oldinga tashlamaslik kerak. Oyoqlarning tizzasini bukib ko‘tarib, keyin to‘g‘rilasa ham bo‘ladi. Langarcho‘p egilayotganida, orqa bilan yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak, lekin baribir chuqur oldiga gimnastik to‘shak to‘shalishi kerak. 3-vazifa. Langarcho‘pda osilib turgan holatdan gavdani yuqoriga ko‘tarish texnikasini o‘rgatish. Vositalari. 1. Yerda chalqancha yotib, kuraklarga tayanib, oyoqlar va tosni yuqo riga ko‘tarish. 2. Yerda o‘tirgan holatdan orqaga dumbaloq oshib, qo‘llarda tik turish. Shuning o‘zini chapga burilib bajarish. 3.Turnikda tayangan holatdan orqaga tashlanib, yoy bo‘lib irg‘ib tushish. 4. Turnikda tayanib turgan holatdan snaryadga gavdani tegizmay, orqaga aylanib chiqib, oyoqlarini tik ko‘tarib qo‘llarda turib qolish. 5. Bo‘sh uchini sherigi ushlab turgan arqonga osilib olish, arqondan uzoqlashayotib, sherigi arqon uchini yon tomonga tortganda, gavdani yuqoriga “itqitib” yuborish. 6. Langar tagiga “kirib” borish, undan uzoqlashayotib, langarcho‘p eng ko‘p bukilgan vaqtida gavdani rostlanayotgan langarcho‘p bo‘ylab yuqoriga “itqitib” yuborish. Tos-son bo‘g‘imini to‘g‘rilab, yuqoriga qo‘llar yordamida tortilib, langarcho‘p bilan birga vertikaldan o‘tib, oyoqlarni tushirish va yerga qo‘nish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Eng muhimi langarcho‘p bukilishi va rostlanishi bilan harakatlar bog‘liq ekanini o‘zlashtirib olishdir. Sakrovchi gavdasini to‘g‘rilayotganda, oyoqlari yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Uzoqlashish va gavdani yuqoriga “itqitib 329 tashlayotganda”, chap qo‘lni bukib, tirsagani langarcho‘pga tayab olish va bu holatni sezib turish kerak. Keyinchalik 6-mashq oxiriga buri lishni qo‘shish, ya’ni to‘liq sakrashni plankasiz bajarish mumkin. Burilayotganda oyoqlarni pastga tushirish va barvaqt burilish yaramaydi. Elastik langarcho‘pda burilish va qo‘llarga tayanib ko‘tarilish texnikasi temir langarcho‘p bilan sakrash tenikasidan farq qilmaydi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling