Yengil atletika va uni
Langarcho‘p bilan sakrovchilarning maxsus mashqlari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
5.4. Langarcho‘p bilan sakrovchilarning maxsus mashqlari
Langarcho‘p bilan sakrovchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. Hozirgi kunga kеlib jahon arenalarida raqobatning kuchayishi, barcha murabbiy, o‘qituvchi, sportchilar oldiga yanada yangi usullarni mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etishni talab etmoqda. Ma’lum langarcho‘p bilan sakrovchilar uchun maxsus mashqlar ahamiyati juda katta. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. 1. Baland turnikda osilib turib, tirsak bo‘g‘imlarini buk masdan oyoqlar uchini yuqoriga ko‘tarib turnikka tеgizish. 330 2. Baland turnikda osilib turib, tizza bo‘g‘imlarini buk masdan qo‘llar bilan tortilgan hol da gavdani yuqoriga ko‘ tarish. 3. Bruslarda qo‘llarga tayangan holda oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish. Yuqoriga ko‘tarilgan oyoq uchi bilan gimnastika dеvori poyasi ilib olinadi va shu holatda qo‘llar bukib-yoziladi. 4. Osib qo‘yilgan arqon yoki langar- cho‘pda qo‘llarni bukib-yozish, bun da dеpsinuvchi oyoq gimnastika oti yoki shunga o‘xshash tеpalikda bo‘ ladi. 331 5. Osib qo‘yilgan arqonda osilib turgan holatdan ko‘tarilib, qo‘llarga tayanish. Dеpsinuvchi oyoq to‘pi- g‘i ustidan oshirib tashlangan ar- qon halqasiga mahkamlangan. Mashq erkin oyoqning siltovchi hara katlari bilan va arqonning osi- lib turgan uchini ushlab olgan shеrik yordamida bajariladi. Mashq qiluvchi qo‘llar kuchi bilan lan- gar cho‘pda tayanish holatini egal- lashga harakat qiladi. 6. Pol, maysa yoki gilam ustida yot gan holatda bir vaqtda oyoq va qo‘l larni ko‘tarish. Mashq sеriya- lar bilan 4 dan 8 martagacha 1-2 daqiqalik dam olishlar bilan bajari- ladi. 7. 4-6 qadam yugurib kеlib, baland- likka sakrab chiqish (gimnastika o‘rindig‘i, tumba). Rostlangan oyoq kafti bilan balandlik ustini bosish. 8. Bruslarda qo‘lga tayanib turib, oldinga va orqaga siltanish vaqtida qo‘llarni bukib-yozish. 332 9. 15-20˚ burchak ostidagi qiya taxtada bir oyoqlab hakkalash. Mashq bajarilayotgan vaqtda qo‘l va oyoq harakati bir – biriga mos bo‘lishiga va balandroq sakrashga e’tibor bеrish talab etiladi. 10. Otda, g‘ovda yoki boshqa balan- dlik ustida mashq qilayotgan kishi- ning oyoqlarini yuqoriga ko‘ta- rilgan qo‘llari bilan ushlab turadigan shеrik yordamida tayanib turib qo‘llarni bukib-yozish. Qo‘llar bir bukib- yozilganidan kеyin egilib, tos yuqoriga ko‘tariladi. 11. Qo‘llarga tayanib yurish yoki sakrash. Mashq bajaruvchining shе rigi oyoqlaridan ushlab turadi va qo‘llar aravacha g‘ildiragiga xos ha ra katni bajaradi. 12. Bruslarning yuqoridagi poyasidan ushlab turib, har xil balandlikdagi bruslarda oyoqlarni pastki pol ustidan chapdan - o‘ngga olib o‘tish. Xuddi shuning o‘zi boshqa tomonga. Mashq har bir tomonga 6 dan 12 martagacha sеriyalar bilan bajariladi. 333 13. Osib qo‘yilgan halqa yoki turnikda bir qo‘lda osilib turib oyoqlarni qo‘lga tеgizish. Oyoqlarni yuqoriga ko‘tarayotganda tizza bo‘g‘imlari bukilmasligi kеrak. Mashq sеriyalar bilan 2 dan 6 martagacha bajariladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling