Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

58-rasm. Langarcho‘p bilan sakrashda oxirgi fazalar:
a – gavdaning egilishi va burilish bilan tortilish
b – tortilish va planka ustidan o‘tish
Sakrovchi osilish vaqtida ko‘krak va ayniqsa tos bilan siljishga 
faol harakat qiladi. Sakrovchi osilishning boshida gavdani gap oyoqqa 
nisbatan oldinga, chiqaradida, ko‘proq ko‘krak kerib, gavdani oldingi 
qismidagi mushaklarini cho‘zadi (bu oyoqlarni ko‘tarayotganda, ana 
shu mushaklar qisqarishi tezlanishiga
yordam beradi). Depsinish 
vaqtida ko‘tarilgan o‘ng (silkinch) oyoq pastga erkin tushiriladi. 
Osilish vaqtida oyoqlarni orqaga “tashlanishi” kerak chunki gavdaning 
oldinga harakat tezligi pasayadi. 
Yerdan uzilgandan keyin, sakrovchi chap qo‘li bilan langarga 
tayanmay qo‘yadi, lekin chap qo‘l bukikligicha kelib, oldinga langar 
tomon yo‘naltiriladi va gavda old tomonga yo‘naladi. Faqat chap qo‘l 
panjasigina kuchangan bo‘ladi. Sakrovchining to‘g‘ri chiziqli harakati 
(yugurib kelayotganda va osilganda) gavdaning mayatniksimon 


317
silkinishiga o‘tishi natijasida, markazdan qochuvchi kup hosil bo‘ladi, 
u qo‘l ushlangan nuqtadan sakrovchi tanasi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. 
Sakrovchi buni langarcho‘pdan tortib ketayotgan kuchdan his etadi. 
Markazdan qochuvchi kup ta’sirida langarcho‘p yanada ko‘proq 
egiladi. Markazdan qochuvchi kuch ta’siri eng ko‘p vaqti sportchining 
og‘irlik markazi bukilgan langarning tasavvurdagi xordasiga yetib
markazdan qochuvchi kuch yo‘nalishi bukilayotgan langar xordasiga 
mos kelganda bo‘ladi. Shuning uchun otilish paytida sportchi gavdasi 
bilan mumkin qadar tezroq oldinga siljishga harakat qiladi.
Langarcho‘p bilan sakrashda uzoqlashish sakrovchining UOM 
langarcho‘pning egilgan vaqtidagi xordasiga yetganda boshlanadi. 
Sakrovchi oshish vaqtida yelka harakatini sekinlatishdan boshlanib, 
sakrovchi gavdasi gorizontal holatda bo‘lib, tos – son bo‘g‘imi eng 
ko‘p bukilgan vaqtda tugaydi. Yelka kamari ochilgan langarcho‘pning 
xordasiga etgan zahoti, sportchi qo‘llar kuchi bilan uning oldinga 
harakatini sekinlatadi. Shu bilan ketma-ket sportchi gavdaning oldin ga 
siljishi ham sekinlashtiriladi. Shu vaqtning o‘zida oyoqlarning ko‘ta-
rilish tezligi ortadi. Uzoqlashayotganda sakrovchi, xuddi orqasida 
dumalayotgandek harakat qilib, tos va oyoqlarning tizzasi-yu, panja-
lari kuchi bilan ko‘taradi. Langarcho‘p ta’sir etayotgan kuchni pasay-
tirmaslik uchun, oyoqlar tizzasi barvaqt va keskin bukilmasligi darkor.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling