Yengil atletika va uni


Oxirgi kuchlanish fazasi –


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Oxirgi kuchlanish fazasi – uchinchi burilishning oxirgi o‘ng 
oyoqni yerga qo‘yishdan boshlanadi.
Bu payt bosqon uloqtiruvchi gavdasining o‘ng tomonida, yelka 
bo‘g‘imi balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi; gavda chapga 
engashadi.
Oldingi burilishlardagidek, uloqtiruvchi yelka kamarini tos bilan 
bir tekislikka kelguncha chapga buradi. Bosh esa uloqtirish davomida 
birinchi marta orqaga egiladi, qo‘llar yozilgan bo‘ladi.
Bosqon quyi nuqtaga intilib, tizza balandligiga yetganda bosqonning 
tortilishi va gavda og‘irligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi. 
Oxirgi harakatning quyi nuqtasida bosqon gavdaning o‘rta 
chizig‘idan o‘ngda bo‘lishi kerak. 
Bosqon quyi nuqtadan tortilayotgan paytda uloqtiruvchi chapga 
burilib, orqaga egiladi. Bu harakat bilan u bosqonga maksimal tezlik 
beradi.


483
Orqaga egilayotganda tosni oldinga siljitmaslik kerak.
Uloqtiruvchi oyoqlarini to‘g‘rilashga intiladi va shu bilan birga 
gavdasini ham yuqoriroq ko‘tarishga harakat qiladi. Lekin faqat chap 
oyoq to‘la to‘g‘rilanadi, o‘ng oyoq esa sal bukilgan holda, uchi bilan 
chapga buriladi.
Bolg‘aning tortilishini asosan chap oyoq tutib turadi va uloqti-
rishning oxirida bu oyoq tagining oldingi qismi yerga tayanadi. 
Harakat oxirida uloqtiruvchining gavdasi tizzadan sal bukilib turgan 
o‘ng oyoq ustiga o‘tadi, bosh esa oxirgacha orqaga egiladi.
103-rasm. Bosqonni qo‘ldan chiqrish
Bosqon yelka bo‘g‘ini balandligiga etganda uloqtirib yuboriladi. 
Bosqonning tortilishi va harakat tezligi maksimal darajaga yetadi.
Bosqon qo‘ldan qo‘yib yuborilgan zahoti uning uloqtiruvchiga 
ta’sir etgan tortish kuchi yo‘qoladi, shu sababli gavdaning aylanish 
tezligi oshadi, chunki endi u bolg‘aning qarshiligiga uchramaydi. 
Muvozanatni saqlash va doiradan chiqib ketmaslik uchun uloqtiruvchi 


484
o‘ng oyog‘ining uchida aylanishni davom ettira turib, uni to‘g‘rilaydi, 
chap oyoqni yerdan uzib, o‘ng oyoq orqasiga chapdan orqaga 
o‘tkazadi. O‘ng oyoqni esa tizza bo‘g‘imidan bukadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling