Yengil atletika va uni


-vazifa. Bosqon to‘g‘ri ushlash dastlabki aylantirishga o‘rgatishni  boshlash to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. Vositalar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

2-vazifa. Bosqon to‘g‘ri ushlash dastlabki aylantirishga o‘rgatishni 
boshlash to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
Vositalar: 
1. Bosqon dastasini to‘g‘ri ushlashni mashq qilish.
2. Bosqonni ikki qo‘llab ushlab tezlantirmay aylantirish. 
3. Normal turish holatida bosqonni tezlantirib aylantirish. 
Shug‘ullanuvchilar faqat «bosqon olinsin» degan komanda berilgandan 
keyin 
gina bosqonni olib kelish uchun maydonchaga chiqishlari 
mumkin.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Dastlabki aylantirishni yarim o‘tirgan holat-
da, gavda og‘irligini bosqonga qarama-qarshi yo‘nalgan oyoqdan-
oyoqqa o‘tkazib turib bajarish kerak.
Dastlabki aylantirish vaqtida bosqonning to‘g‘ri aylanish yuzasini 
aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Dastlabki aylantirishni avval 
tekis sur’atda bajarish kerak. Uni bajarishni yetarli darajada o‘rganib 
olgandan keyin, 3-4 aylanishni tezlashtirilib bajariladi va bosqonni 
yerga urish bilan bu harakatni to‘xtatiladi yoki uni inersiya bo‘yicha 
chapga-orqaga yuqoriga uloqtirish mumkin.
Barqaror muvozanatni tarbiyalash uchun yuqoridagi mashqlarni 
ko‘zni yumib bajarish tavsiya qilinadi.
Bosqon va boshqa og‘ir buyumlar bilan mashq qilish: bosqonni 
bir qo‘llab (chap va o‘ng qo‘lda) va o‘tirib-turib aylantirish; 
boshqa asboblarni (tasmali to‘ldirma to‘p, qadoq tosh, qumli halta, 
og‘irlashtirilgan bosqon yoki ikki bosqonni, yengillashtirilgan va 
qisqartirilgan bosqonni) aylantirish dastlabki aylantirish texnikasini 
egallash uchun muhim ahamiyatga ega.
3-vazifa. Burilish texnikasini o‘rgatishda muvozanatni saqlab 
qolish bosqonni tortilish kuchiga qarshi turish.
Vositalar: 
1. Bosqonsiz burilish: a) sanoq bilan («bir» deganda – burilishning 
birinchi yarmi, «ikki» deganda – ikkinchi yarmi;) b) sanoqsiz bir xil 
tezlikda. 
2. Qo‘lda tayoq bilan oldinga-pastga burilish. 


486
3. Bosqonni gorizontal sath bo‘ylab tezlanishsiz («to‘lqinlatmay») 
aylantirib burilish. 
4. Shuning o‘zini har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish. 
5. Bosqonni qiya yuza bo‘ylab, harakatlarni tezlashtirmay 
(«to‘lqinlatib») aylantirgan holda burilish. 
6. Shuning o‘zini, har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling