Yengil atletika va uni


-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish. Vositalar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

6-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish.
Vositalar: 
1. Uloqtirish texnikasini takomillashtirish uchun dastlabki aylan-
tirish, burilishlar va oxirgi zo‘r berish mashqlari. 
2. Doira ichida turib bosqonni maksimal tezlikda aylantirib, uch 
burilib uloqtirish. 
3. Mashg‘ulot vaqtida musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda 
sinash tariqasida bosqon uloqtirish. 
4. Bosqon uloqtirish musobaqalarida qatnashish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Uloqtirish texnikasini takomillash 
tira-
yotganda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maxsus mashqlarni mashg‘u-
lotlarga kiritish kerak. Bosqon uloqtirish malakasini mustahkamlash 
uchun asbobni bir kuch bilan uloqtirish ayniqsa muhim. Bu sportchini 
musobaqaga yaxshi tayyorlaydi. Ko‘pgina trenirovka mashg‘ulotlariga, 
hattoki qishda ham, uloqtirish texnikasini takomillashtiruvchi mashq-
larni kiritish lozim.
Texnikani takomillashtirish davrida, uloqtirish texnikasining 
kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun o‘z texnikasini va boshqa 
(yyetakchi) uloqtiruvchilarning texnikasini kinoanaliz qilish ayniqsa 
muhim ahamiyatga ega.


489
5.4. Bosqon uloqtiruvchilarning maxsus mashqlari
Bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy 
va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. 
chunki kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta 
mashqlar miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali 
iloqtiruvchi ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi, 
asosan bel, yelka, kurak va oyoq chunki ko‘plab uloqtirish harakati 
ham orqaga, yonga va aylanib amalga oshiriladi. Shuning uchun 
Bosqon uloqtiruvchilarning boshqa turdagi yengil atletikachilardan 
farq qilgan holda bel, yelka, kurak va oyoq muskullari nafaqat kuchli 
harakat qilish balki elastiklik bo‘lishi ham shart. 
Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi 
harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni 
rivojlantirish mumkin. 
1.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
o‘ng qo‘lda yuqoridan yadroni 
ushlagan holda o‘ngga egilib, 
yadro yelka barobariga tushi-
riladi va yondan yuqoriga yadro-
ni uloqtirib, chap qo‘lda ilib 
olinadi. Yadroni qo‘ldan-qo‘lga 
uloqtirib ilib olish jarayonida 
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz 
bukiladi.
2.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
yadroni ikki qo‘llab bosh yuqo-
risida ushlab turiladi. Yarim 
o‘tirgan holda, qo‘llarni oyoqlar 
orasiga olib tеzda oyoqlarni 
to‘g‘ rilab yadroni oldinga-yuqo-
riga uloqtirish va yana ikki qo‘l-
lab ushlab olish. Yadroni


490
uloq tirganda uzoqqa emas, balki yaqin roqqa uloqtirish. Bu esa 
yad roni ushlab olishga qulay.
3.
Tik turgan holda yadroni bir 
qo‘lda ushlab, orqadan uloqtirib
ikkinchi qo‘lda ilib olish. Yadroni 
orqadan uloqtirganda oyoqlar 
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi 
va uloqtirishning so‘ngida 
oyoqlar uchiga ko‘tarilish kеrak.
4.
Yadroni ikki qo‘llab yuqorida 
ushlagan holda o‘ng tomonga 
egilib, chap tomonga uloqtirish. 
Gavda egilgan tomondagi oyoq 
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi 
va boshqa oyoq to‘g‘rilanadi 
hamda uloqtirish so‘ngida oyoq-
lar uchiga ko‘tariladi.
5.
Ko‘krak oldida yadroni ikki 
qo‘llab ushlagan holda oyoqlarga 
yarim o‘tirib, tеzlik bilan oldin-
ga-yuqoriga uloqtirish. Uloqti-
rish so‘ngida gavda bir oz ol-
dinga engashtiriladi va oyoqlar 
uchiga ko‘tariladi.
6.
Tik turgan holda yadroni ikki 
qo‘llab bosh yuqorisida tutiladi. 
Yarim o‘tirgan holda qo‘llarni 
oyoqlar orasiga olib, tеzda oyoq-
lar to‘g‘rilanadi va yadro oldin-
ga-yuqoriga uloqtiriladi. Uloq-
tirishning oxirida gavda oldinga 
intiladi va oyoqlar uchiga ko‘ta-
riladi.


491

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling