Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uloqtiruvchining burilishlari.
101-rasm. Bosqon uloqtirishda dastlabki siltashlar
Shundan keyin birinchi davradagi aylantirish harakatlari takror- lanadi, lekin bunda chap qo‘lning yuqoriga siljiyotgan vaqtdagi aylanishi ertaroq boshlanadi. Gavda og‘irligini o‘ng oyoqqa o‘tkaza- yot ganda bu oyoq ko‘proq bukiladi, gavda esa orqaga ko‘proq en- gasha di. Qo‘llar bosh ustida harakatlanishining oxirida uloqtiruvchi yelka kamarani o‘ngga, oxiriga qadar burib chap tovonini ko‘taradi. Bu harakat tosni o‘ngga ko‘proq burishga va yelka kamarining o‘ngga burilishini oshirishga yordam beradi. Dastlabki aylantirishda tana og‘irligini bosqonga qarama-qarshi tomonga ko‘chirish (asosan tos qismining joy o‘zgartirishi) katta rol o‘ynaydi. Bosqon uloqtiruvchining chap yoki o‘ng tomondan o‘tayotganda tana og‘irligi bolg‘adan uzoqroq joylashgan oyoqqa ko‘proq tushadi. Bu esa uloqtiruvchining muvozanatni saqlashi va bolg‘aning harakat tezligini oshirishiga yordam beradi. Bosqon shari o‘z orqasidan o‘tayotganda sportchi oldinga engashadi, shar oldinga o‘tganda esa orqaga ko‘chadi. Gavda og‘irligining tasavvur qilinadigan aylanish o‘qi atrofida bunday o‘rin almashtirib turishi faqat bosqonni bir joyda turib tez aylantirishdan burilishga o‘tish 479 vaqtida ham muvozanat saqlab turishiga yordam beradi, bu esa juda muhim ahamiyatga ega. Bosqon o‘zining eng yuqori holatidan gavdaning o‘ng tomoniga, yelka bo‘g‘inlarigacha pasayib harakatlanayotgan paytda uloqtiruvchi qo‘llarini boshdan o‘ng tomonga tushiradi va bunga o‘ng qo‘l bukilgan holda tirsagi bilan pastga tushadi, chap qo‘l esa to‘la yoziladi. Xuddi shu paytdan birinchi burilishga kirishish boshlanadi. Uloqtiruvchining burilishlari. To‘g‘ri uloqtirishda har bir burilish oldingisidan tezroq bajariladi. Harakatlar bir tekisda tezlashadi. Basharti bosqon harakatini siltab tezlashtirilsa, u holda bosqon tanadan o‘zib ketadi va uloqtiruvchi unga yaxshi ta’sir ko‘rsata olmaydi. Gavda va uning qismlarining egilish burchagi hamda bo‘g‘imlarning bukilishi har bir burilishda doimo o‘zgarib turadi. Burilishlarda yakka va qo‘sh tayanchli fazalar farq qilinadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling