Yengil atletika va uni
Bosqon uloqtirish texnikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqon ushlash.
5.2. Bosqon uloqtirish texnikasi
Bosqon metall shardan iborat bo‘lib, po‘lat sim orqali dastaga biriktirilgandir. Sharni temir, po‘lat, cho‘yan yoki lutundan yasaladi. U yaxlit qo‘yilgan yoki ichiga ancha og‘ir metall (qo‘rg‘oshin, simob) to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Uloqtirish uchun sportchining yoshiga qarab, bosqon turli xil og‘irlikda bo‘ladi: erkaklar uchun – 7 kg 265 g, katta o‘smirlar uchun – 6 kg, kichik o‘smirlar uchun – 5 kg, ayollar uchun – 4 kg. Barcha asboblarning uzunligi bir xil (118-122 sm). Bosqon uloqtirish musobaqasi 2,135 m diametrga ega bo‘lgan stement yoki asfalt doiradan turib, 34,92 0 sektorda o‘tkaziladi. Uloqtirish doirasi balandligi kamida 3,5 m bo‘lgan ehtiyot to‘ri bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Bosqon uloqtirish, uni dastlabki aylantirish, bir necha marta aylanish va asbobni chiqarib yuborish bilan oxirlanadigan oxirgi kuchlanishdan iborat. Uloqtirish vaqtida sportchi bosqonga o‘z kuchi bilan ta’sir o‘tkazib, uni doiraga yaqin bo‘lgan egri chiziq bo‘ylab jadal harakatlantira boshlaydi. Bosqonni ufqqa nisbatan optimal burchak ostida (44 0 ) uloqtirib tayyorlanish uchun uni qiya yuza bo‘ylab aylantiriladi. 475 Uloqtiruvchining bosqonga berilgan kuchi og‘irligini yengish va unga markazga intiluvchi hamda urinma (tangenstial) tezlash bag‘ishlashga sarflanadi. Bosqonni aylantirayotganda juda katta markazdan qochuvchi kuch hosil bo‘ladi (60 m ga uloqtirganda bu kuch 270 kg dan ortiq bo‘ladi). Uloqtiruvchi ana shu kuchga qarshi tura olish uchun bosqonga qarama-qarshi tomonga engashishga majbur bo‘ladi. Bu esa uning aylanish vaqtida uning barqaror muvozanat holatini saqlab qolishga yordam beradi. 98-rasm. Bosqon uloqtirish joyi Aylanishlar vaqtida uloqtiruvchi bilan bosqon bir o‘q atrofida aylanayotgan yaxlit sistemani tashkil qiladi. Uloqtiruvchi va tortib turgan bosqon (aylanish vaqtida) faqat aylanma harakat qilib qolmasdan, uloqtirish yo‘nalishida olg‘a intiluvchi harakatni ham bajaradi. Aylanishlar tezligi tinmay o‘sib borishi kerak. Dunyodagi eng yaxshi uloqtiruvchilar bosqonni uch aylanishda uloqtiradilar. Bosqon ushlash. Bosqon dastasini avval chap qo‘ldagi ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz barmoqlarning o‘rta bo‘g‘imlariga hamda jimjiloqning o‘rta va tirnoq bo‘g‘imlari o‘rtaligiga kiygiziladi. Mazkur barmoqlarning asosiy bo‘g‘imlari ularga tegishli kaft suyaklari bilan bir chiziqda bo‘lib, kaft panja bo‘g‘imlarida bukilmay turadi. O‘ng qo‘lning to‘rt barmog‘ini chap qo‘lning nomdosh barmoqlari ustiga shunday qo‘yiladiki, bunda o‘ng qo‘lning tirnoq bo‘g‘imlari chap qo‘lning asosiy bo‘g‘imlariga mahkam yopishib turishi kerak. Bosh barmoqlari esa bir-biri ustiga krest shaklida joylashadi (chap, o‘ng ustiga). Bunday usul kuchli uloqtiruvchilarga 300 kg dan ortiq kuch bilan tortilayotgan bosqonni tutib qolishga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling