Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Bosqon uloqtirish – bu nisbatan yengil atletikaning yosh turlaridan
biri hisoblanadi. Bosqon uloqtirish avvaldan, ya’ni 1 asrlik tarixga ega. O‘tgan XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan boshlab odamlar ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelishgan. Bosqon uloqtirish ko‘proq Irlandiyada rivojlanib borgan. Ch. Poddakning bergan ma’lumotiga qaraganda Irlandiyada bosqon uloqtirish – ya’ni temir bosqon kuvalda uloqtirish deb yuritilib kelgan. Kuchemet degan pahlavon to‘g‘risida afsonalar aytilib kelgan. 1920-1930-yillarda Irlandiyalik sportchilar ulardan Patrik O Kallaham, ikki marotabalab 1928- va 1932-yillarda Olimpiada g‘olibiga aylandi. Angliyada 1850-yillarda bosqon uloqtirish rivojlana bordi, ushbu-yillardan Angliyada bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazila boshladi. 1866-yili Angliyada R. Djeyms 24 m 50 sm ga uloqtirib Angliya chempioni bo‘ldi. Ushbu-yillarda boshqa davlatlarda ham bosqon uloqtirish sport turi asta-sekin ommalashib rivojlana boshladi. 1900-yilda bosqon uloqtirish Parij shahrida o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan, bu holat yengil atlektikaning bu turining barcha mamlakatlarda keng ommalashishiga olib kelgan. Bosqon uloqtirish 1900-yillardan boshlab uloqtirish Rossiyada ham rivojlana boshladi. Bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqa nizomlari asta-sekin tuzila boshladi 1900-yillarda snaryadning dastasi uzunligi 1 m 22 sm, og‘irligi – 7,257 kg, doirasining diametri 2 m 13,5 sm, sektori 90 0 burchak ostida bo‘lib, keyinchalik sektor 45 0 burchak ostida bo‘lgan uloqtirish maydoniga, asfalt yotkazilgan. Oradan ancha vaqt o‘tishi bilan bosqon uloqtirish sektori 40 0 burchak ostida 34,92 0 qisqartirilgan. Bosqonning og‘irligi 7,265 kg og‘irlashdi. Erkaklar uchun 7,265 kg, ayollar uchun 4,005 kg. Bosqon uloqtirish bo‘yicha dastlabki Olimpia chempioni sifatida amerikalik D.Flenegen qayd qilib o‘tiladi va bu sportchi 49,73 metr natija ko‘rsatgan. Bu sportchi chempionlik nomini 1904 – 1908-yillar davomida saqlab qolgan. 473 2000-yilda o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida S.Jilkovskiy 80,02 metrga bosqon uloqtirishning uddasidan chiqadi. Sidney shahrida o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida ayollar bellashuvi ham dastur tarkibidan o‘rin egallab, bu yo‘nalishda birinchi chempion ayol sportchi sifatida Polshalik K.Skalimovska 71,16 metr natija bilan shoh supadan o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda bosqon uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi SSSRlik Yuriy Sedixga tegishli bo‘lib, 1986-yil, 86,74 m natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi Germaniyalik Betti Xaydlerga tegishli u 2011-yil, 79,42 m natijani qayd etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng bir qator bosqon uloqtiruvchilar etishib chiqdilar. 1997-yilda A.Abduvaliyev 82 m 60 sm, O. Ustinov 76 m 62 smga bosqon uloqtirish bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lishgan. Olga Jogoleva 52 m 16 sm masofaga uloqtirib O‘zbekistonning bir necha bor chempioni bo‘lgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling