Yengil atletika va uni


Vositalar.  1. 3-4 g‘ovni yuqori startdan oshib o‘tish.  2. Xuddi shuning o‘zi past startdan. Uslubiy ko‘rsatmalar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Vositalar. 
1. 3-4 g‘ovni yuqori startdan oshib o‘tish. 
2. Xuddi shuning o‘zi past startdan.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Avval yuqori start qo‘llaniladi. Shu tariqa 
startdan yugurib kelish ritmini egallab olish osonroq. Dastlabki 
yugurish mashqlarida 4 qadam bajariladi. Itariluvchi oyoq oldinga 
chiqariladi. Boshida 3 ta qadam bir me’yorda, to‘rtinchisi tezlashtirib 
tashlanadi. Bunday ritm ovoz va zarbalar bilan hosil qilinadi. U g‘ovlar 
orasidagi yugurish va g‘ovni tez oshib o‘tish ritmiga o‘xshaydi. Keyin 
startdan yugurib kelish ikki yugurish qadamiga yuqorida keltirilgan 
metr kattaliklariga qadar uzaytiriladi. 6 qadamli yugurib kelishda oxirgi 
ikki qadamni tezlashtirish imkoni bor, ularni belgilar bilan shunday 
ajratish kerakki, 6-qadam 5-sidan 10-15 smga qisqaroq bo‘lsin. Keyin 
butun startdan yugurib kelish kesmasi belgilab chiqiladi, bunda har 
bir keyingi qadamning bir xil kattalikda uzayishiga (10-15 sm) e’tibor 
qaratiladi. Qadamlarning uzunligi va vaqti jihatidan to‘g‘ri bajarilishi 
startdan yugurib kelishning chiroyli chiqishiga yordam beradi.
Dastlab sakkiz qadamli yugurib kelishga o‘tish uchun shoshilishga 
ehtiyoj yo‘q. G‘ovdan oshib o‘tish hamda g‘ovlar orasida yugurish 
texnikasini olti qadamli usul bilan ham samarali egallab olish mumkin. 
Bu amallar qo‘pol xatolarsiz, g‘ov ustida va undan oshib o‘tib erga 
“qo‘nish” paytida muvozanatni to‘g‘ri saqlagan holda bajariladigan 
bo‘lgach, sportchi 8 qadamli yugurib kelish usuliga o‘tishi mumkin. 
Bu davrda g‘ovlarni joylashtirish nuqtai nazaridan va o‘rgatish 
uslubiyatiga ko‘ra o‘g‘il va qiz bolalar bilan ishlashda deyarli hech 
qanday farq yo‘q. Birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa 8 yugurish 
qadamini tashkil etadi. Startdan yugurib kelish tezligi jiddiy ortib 
boradi, u bilan birga qiyinchiliklar va xatolar soni ham oshaveradi.
Qadamlar uzunligini 7 tagacha oshirish hamda parvoz vaqtida 
sonlarni tezlik bilan birlashtirish va itariluvchi oyoqni itarilish joyiga 
yuqoridan faollik bilan joylashtirish hisobiga 8-qadamni qisqartirish 
talablariga rioya qilish zarur. Bu vaqtgacha g‘ovchi past start va 
g‘ovlarsiz startdan yugurib kelish texnikasini o‘zlashtirib olgan 
bo‘lishi zarur. Start va startdan yugurib kelish g‘ovlar osha yugurishda 
yuqorida ko‘rib chiqilgan bir qator xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu 


195
xususiyatlarni bilib olish g‘ovlar osha yugurish texnikasida ko‘proq 
takomillashtirish bosqichiga tegishlidir. 
5-vazifa. G‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlarini takomil-
lashtirish.
O‘rgatishning takomillashtirishga doir vazifalari har bir mashg‘u-
lotda takrorlanadi va asta-sekin o‘z ichiga qator vazifalar yig‘indisini, 
vositalar orqali usuliy ko‘rsatmalar asosida takomillashtirish jarayoni-
ga aylana boradi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling