Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Start tezligini olish. Har bir mashg‘ulotda uni o‘rganishga e’tibor
qaratish kerak. Qadamlarni aniq mo‘ljallash zarurati katta murakkablik tug‘dirib, tinimsiz mashq qilishni talab etadi. Lekin bu faoliyatning faqat tashqi tomonidir. Uning asosiy qiyinchiligi tezlik dinamikasi va ritmni o‘zlashtirishidadir. Start tezligini olishni o‘rganishda bir g‘ovni yugurib o‘tish yetarli bo‘ladi. Lekin itariluvchi oyoq g‘ov ortiga faollik bilan tushirilgach, ya’ni g‘ovlar orasidagi birinchi qadam yakunlanganidan keyingina mashq tugashi mumkin. Faqat shu holdagina dastlabki g‘ovning oshib o‘tilishi start tezligini olishni o‘rganish vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi va g‘ovlar orasida yugurishda hech qanday qo‘shimcha hodisalarga sabab bo‘lmaydi. Sportchi mashqni yana ko‘p marta tak rorlash uchun kuchini saqlab qoladi. Malakali sportchilar har bir maxsus mashg‘ulotda badan qizdirish mashqlarining davomi sifatida bittadan g‘ovni 4-8 marta yugurib o‘tadilar. Vaqt-vaqti bilan mazkur mashqqa butun mashg‘ulotni bag‘ishlab, unda bu mashqni 50 martagacha takrorlay-dilar. Ayniqsa, 7 va 8-qadamni bajarishga ko‘p vaqt ajratadilar. O‘rgatishda dastlabki mashg‘ulotlarning boshida yugurishga ko‘p kuch sarflamaslik maqsadga muvofiq. Tezlik ritmik tarzda oshirib borilishi, so‘nggi ikki qadam va g‘ovdan oshib o‘tish esa eng faol ravishda bajarilishi lozim. Keyinchalik barcha sportchilar uchun 1-2 g‘ovni oshib o‘tish muayyan qiyinchilik tug‘diradi, chunki g‘ov tomon maksimal tezlik, g‘ovni ishonch bilan oshib o‘tish hamda g‘ovlar orasidagi yugurishni o‘zaro birlashtirish zarur. Startdan yugurib kelishni yaxshi o‘zlashtirib olishning asosiy vositasi pastki startdan 2-4 g‘ovdan oshib yugurish hisoblanib, 196 g‘ovlarni joylashtirishning turli variantlaridan foydalanish mumkin: 1) bir xil balandlikdagi g‘ovlar; 2) har bir keyingi g‘ov avvalgisidan balandroq; 3) startdan tezlik olish 10 qadamga yetkazilgan (yigitlarda – 17-18 m; qizlarda 16-16,5 m). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling