209
66 sm gacha) to‘siqdan oldingi yugurib kelish
tezligini oshirish kerak;
ikkala oyoq bilan baravar yerga tushishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
3 – vazifa. To‘siqdan tayanchsiz usulda (odimlab) o‘tish texnikasini
o‘rgatish.
Vositalar:
1.Balandligi 76,2 – 91,4 sm yengil (oddiy) to‘siqlardan
tayanchsiz
usulda o‘tish.
2. 3000 m yugurish uchun mo‘ljallangan to‘siqlardan o‘tish.
To‘siqlardan tayanchsiz usulda o‘tishni o‘rgatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Texnikani o‘rgatishda osharlarning meto-
dik yo‘llari bilan maxsus mashqlaridan foydalaniladi. O‘rgatish uchun
oldiniga qo‘zg‘aluvchan yengil g‘ovlar, keyin balandligi 70 -80 sm
qo‘zg‘almaydigan to‘siqlar, undan keyin esa balandligi 91,4 sm
g‘ovlar ishlatiladi. Shug‘ullanuvchilarning U.O.M
ni mumkin qadar
g‘ovga yaqinroq o‘tkazishlariga ko‘proq e’tibor berish kerak.
4–vazifa. Yugurish va to‘siqlardan o‘tish texnikasini takomil lash-
tirish.
Vositalar:
1. Musobaqa qoidasiga binoan yugurish yo‘lkasining doirasi
bo‘ylab joylashgan chuqurdan o‘tib, 200
m va undan ortiq masofa
bo‘laklarida yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Texnikani takomillashtirishda to‘siqlardan
tejamli va tez o‘tishga, to‘siq oldida va to‘siqdan keyin to‘xtab
qolmaslikka erishish kerak. «Tezlikni his etish»ni oshirish uchun, o‘rta
masofalarga yuguruvchilarga ko‘rsatilgan metodik qo‘llanmalardan
foydalaniladi.
To‘siq oldida depsinadigan joyga aniq
tushishga yordam beruvchi
ko‘zda mo‘ljal olishni yaxshilash uchun,
har xil masofadan tezlikni
pasaytirmay yugurib kelib, to‘siq oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: