Yengil atletika va uni


m ga to‘siqlar osha yuguruvchilarning mashg‘uloti


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

7.4. 3000 m ga to‘siqlar osha yuguruvchilarning mashg‘uloti
3000 m ga to‘siqlar osha yugurishda yuqori natijaga erishish uchun
sportchi faqat chidamligina emas, balki yetarli darajada tezkor, chaqqon, 
kuchli, o‘z harakatlarini yaxshi boshqara oladigan, «tez likni his eta 


210
oladigan» va ko‘zda mo‘ljal ola biladigan, yugurish va to‘siqlardan 
o‘tish texnikasini mukammal biladigan bo‘lishi ham kerak.
3000 m ga to‘siqlar osha yugurish trenirovkasi – o‘rta va uzoq 
masofalarga yugurish mashg‘uloti prinsiplari qanday bo‘lsa shunday. 
Faqat uning ayrim hususiyatlariga to‘xtalib o‘tish lozim.
7.5. 3000 m ga kichik razryadli to‘siqlar 
osha yuguruvchilarning mashg‘uloti
Asosiy vazifalar:
1. Umumiy jismoniy tayyorlik darajasini yaxshilash.
2. 3000 m ga to‘siqlar osha yugurish talabiga muvofiq yuguruv-
chining kuchuni, eguluvchanligini, tezkorligini va epchilligini oshirish.
3. 3000 m ga to‘siqlar osha yugurish talabiga muvofiq umumiy va 
maxsus chidamlilikni oshirish.
4. 100, 200 va 400 m ga yugurish tezligini oshirish.
5. Yugurish va to‘siqlardan o‘tish texnikasini bilib olish. 
6. Axloqiy va irodaviy fazilatlar darajasini oshirish.
7. «Tezlikni his etishni» va ko‘zda mo‘ljal olishni tarbiyalash.
8. Nazariy tayyorgarlik ko‘rish.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal etish vositalari, mash g‘u lot-
ning taxminiy meyorlari va rejalashtirish-yillik mashg‘ulot pla nida 
berilgan.
Tayyrlov davrida haftasiga har biri 1,5 – 2 soatdan 4 ta treni-
rovka mashg‘uloti o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Dastlabki ikki oyda 
mashg‘ulotlarning bir qismi zalda o‘tkazilib, bunday mashg‘ulotlar 
to bo ra kamaya boradi va tayyorlov davrining oxirida barcha mashg‘u-
lotlar ochiq havoda o‘tkaziladi.
Dastlabki oylarda kuchni, egiluvchanlikni va umumiy chidamlilikni 
oshirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Yugurish tezligi asosan zalda 
va manejda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda takomillashtiriladi. 
Sakrovchanlikni oshirishga katta ahamiyat beriladi – bu to‘siqlardan 
suv to‘ldirilgan chuqurlardan o‘ta olish uchun kerak bo‘ladi.
3000 m ga to‘siqlar osha yuguruvchilar uzoq masofalarga yuguruv-
chilar bajaradigan katta ishdan tashqari, to‘siqlardan o‘tish texnikasini 
bilib olishga ham ko‘p vaqt beradilar.


211
Bu davrning boshida kross tekisroq joylarda, keyinchalik esa past-
baland joylarda ko‘proq o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulotlar jadalligi asta sekin oshirib boriladi.
Bahorda barcha mashg‘ulotlar ochiq havoda o‘tkaziladi (trenirovka 
mashg‘ulotlarining ko‘pchilik qismini o‘rmonda, bog‘larda o‘tkazgan 
maqul).
Mashg‘ulotning bahorgi bosqichida trenirovka vositalarining haj-
mi asta-sekin kamayadi, ammo yugurish jadalligi oshadi (takroriy va 
o‘zgaruvchan metod bilan).
Shuningdek,, kantrol yugurish o‘tkazib yuguruvchining mashq 
ko‘r ganlik darajasi aniqlanadi,
Mashg‘ulotlar ochiq joyga ko‘chgandan keyin yuguruvchilar har 
xil to‘siqlardan “odimlab”, sakrab “bosib”, g‘ov osharcha odimlab 
o‘tadigan bo‘ladilar. Umumiy va maxsus chidamlilikni o‘stirish uchun 
bitta mashg‘ulotda yugurib o‘tiladigan masofalarning umumiy yig‘indisi 
asosiy masofadan 1,5 – 2 barobar, hatto undan ham ortiqroq bo‘la di.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling