Yengil atletika va uni
To‘siqlar osha yugurish texnikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
7.2. To‘siqlar osha yugurish texnikasi
Musobaqa qoidasiga binoan g‘ov ustiga oyoq qo‘yib ham, oyoq qo‘ymay ham o‘tish mumkin. Shuning uchun sportchilar to‘siqdan «bosib» yoki odatdagi g‘ov oshar qadam bilan o‘tadilar. Eng usta yuguruvchilar ikkinchi usulni qo‘llaydilar. Yugurish texnikasida qiyinchilik, to‘siq oldida depsinish joyini to‘g‘ri aniqlashdadir, chunki shunchalik uzoq masofani ma’lum miqdorda qadamlar bilan yugurib o‘tish mumkin emas. Eng usta sportchilar to‘siq oldiga qadamlar ritmini va yugurish tezligini o‘zgartirmay yaqinlashadilar. Depsinuvchi oyoqni g‘ovdan ma’lum masofada qo‘yish uchun, ko‘z bilan mo‘ljal ola bilishi kerak. Bu esa mashg‘ulot 206 va musobaqalar jarayonida kamol topadi. Bunda har ikkala oyoqda bir xilda depsinib g‘ovdan o‘ta olishning katta ahamiyati bor. 30-rasm. To‘siqdan o‘tish texnikasi Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to‘siqdan 140 – 180 sm masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo‘yish kerak. Oxirgi qada- mni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing U.O.M. proeksiyasiga yaqin qo‘yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi kuchining tormozlovchi ta’sirini pasaytiradi. Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi bir oz oldinga engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga ko‘tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan qo‘l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi. Tayanchsiz holatda silkinch oyoq to‘g‘rilanadi, gavda yanada oildinga engashtiriladi, depsinuvchi oyoqni esa bukib olg‘a tortiladi va yon tomonlab g‘ov ustidan o‘tkaziladi. Bu payt silkinch oyoq narigi tomonidagi qo‘l pastlab orqa tomon depsinuvchi oyoq qarshisiga harakatlanayotgan bo‘ladi. To‘siqdan keyin silkinch oyoq yerga erkin tushuriladi. Bukilgan depsinuvchi oyoq esa shu payt gavda oldida bo‘lib, g‘ovdan keyingi birinchi qadamni boshlashga tayyorlanadi. Yuguruvchining gorizontal tezligi pasaymasiligi uchun, gavdani orqaga yugurish kerak. To‘siq bilan yerga tushadigan joy orasidagi masofa 100 -130 sm o‘rtasida bo‘ladi. To‘siqni «bosib» o‘tish unchalik samarali bo‘lmay, u faqatgina o‘rgatish va mashg‘ulotning dastlabki paytlarida qo‘llaniladi. 207 Gavda ning U.O.M. to‘siqga juda ham yaqin o‘tishi uchun, to‘siqga qo‘yiladigan oyoq juda ham bukilishi, yelkalar esa oldinga engashmog‘i kerak. Oyoqni g‘ovga qo‘yishda, qo‘lni to‘siqga tirab, gorizontal tezlikni kamaytirib qo‘ymaslik uchun, yuqoridan pastga tomon mayin qo‘yish kerak. To‘siqdan depsinishda tekis yugurishdagi kabi kuch bilan depsinish kerak. Eng qiyin to‘siq – suv to‘ldirilgan chuqurdir. Unga yaqinla sha yot- ganda (15 – 20 m naridan) yugurish tezligi oshiriladi. To‘siqustiga odat da kuchli (depsinuvchi) oyoq qo‘yiladi, bu suv to‘ldirilgan chuqurdan sakrab o‘tish imkonini beradi. To‘siqdan tejamliroq o‘tish, undan kuchliroq depsinish uchun yuguruvchi tayanch oyog‘ini qattiq bukadi, gavdasini ko‘proq oldinga engashtiradi. Depsinayotgan paytda bukilgan bo‘sh oyoq bilan shu oyoq narigi tomonidagi qo‘lning silkinch harakati katta ahamiyatga ega. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling