Yengil atletika va uni


VII BOB. 3000 m ga TO‘SIQLAR OSHA YUGURISH


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

VII BOB. 3000 m ga TO‘SIQLAR OSHA YUGURISH
7.1. To‘siqlar osha yugurishning rivojlanishi
To‘siqlar osha yugurish (stiplchez) yengil atletika sport turi 
sifatida Angliyada vujudga kelgan. To‘siqlar osha yugurish bo‘yicha 
dastlabki musobaqa 1837-yilda Regbi shahrida o‘tkazilgan. To‘siqlar 
osha yugurish sport turi 1900-yilda Parij shahrida o‘tkazilgan Olimpia 
o‘yinlarida dastur tarkibiga kiritilgan. Bu musobaqalarda ikkita 
masofada bellashuvlar tashkil qilingan bo‘lib, jumladan, 2500 metr 
masofada kanadalik D.Orton 7.34,4 natija bilan chempionlikni qo‘lga 
kiritgan, 4000 metrlik masofada esa – angliyalik D.Rimmer 12.58,4 
natija bilan birinchilikni egallagan. 3000 metr masofada to‘siqlar osha 
yugurish musobaqalari birinchi marta Antverpen shahrida (Belgiya) 
o‘tkazilgan VII Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, 
bu musobaqalarda angliyalik P.Xodj 10.04,0 natijani qayd qilib, 
chempionlikni qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqt davomida ko‘plab yirik 
musobaqalarda finlyandiyalik yuguruvchilar stiplchez sport turida 
ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishgan. Belgilangan masofani 
tezroq bosib o‘tishda 1922-yilda P.Nurmi 10 minut (9.54,2) natijani 
qayd qilgan holatda birinchi chempion sifatida tan olinadi. Navbadagi 
o‘tkazilgan to‘rtta (1924-yildan 1936-yilga qadar) stiplchez sport 
turi bo‘yicha musobaqalarda finlyandiyalik sportchilar 12 tadan 9 
ta medalni qo‘lga kiritishgan. Shuningdek,, V.Rittola, T.Loukola va 
V.Iso – Hollo (ikki marta) Olimpia chempionlari sifatida shohsupadan 
o‘rin egallashgan. Biroq, belgilangan masofani 9 minut davomida 
bosib o‘tishda 1944-yilda Shvetsiyalik E.Elmsetterga teng keladigan 
sportchi topilmagan (8.59,6). Olimpiadalarda keniyalik sportchilar 
(jumladan, 1976 va 1980-yillarda Keniya Olimpia o‘yinlarida ishtirok 
etishdan voz kechgan holatlar mustasno sifatida) yutuqlarni qo‘lga 
kiritishgan, 1992-yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan musobaqalarda 
ushbu mamlakat vakillari deyarli barcha sharafli o‘rinlarni band 
qilishgan. Jumladan, Olimpia chempionlari sifatida – A.Bivott 
(1968-yil, 8.51,02), K.Keyno (1972-yil, 8.23,64), D.Korir (1984-yil, 
8.11,80), D.Kariuki (1988-yil, 8.05,51), M.Birir (1992-yil, 8.08,94) 


205
D.Keter (1996-yil, 8.07,12), R.Kosgey (2000-yil, 8.21,43), E.Kemboi 
(2004-yil, 8.05,81) kabilar qayd qilingan. Dastlabki 8 minutlik 
to‘siqlarni oshib o‘tishni birinchi marta B.Barmasay (Keniya) 
1997-yilda uddalagan (7.55,72). Hozirgi vaqtda dunyo rekordi (2004-
yil 1 – noyabr sanasida o‘rnatilgan) S.Shaxin (Katar) 7.53,63 (Bryussel 
shahri, 2004-yil) hisobiga yozilgan, Yevropa miqyosidagi rekord esa – 
J.Maxmudu (Fransiya) 8.07,62 (Bryussel shahri, 1984-yil) tomonidan 
qayd qilingan.
XX asrning so‘nggi-yillari davomida 3000 metr masofaga to‘siqlar 
osha yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqalar amalga 
oshirila boshlangan. Biroq, bunda qayd qilingan natijalar anchagina 
pastligi sababli ayollar o‘rtasida 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish 
musobaqalari Olimpia o‘yinlari, Dunyo chempionati va Yevropa 
chempionati musobaqalari dasturi tarkibiga kiritilmagan. 
2008-yil olimpiada o‘yinlari dasturiga to‘siqlar osha yugurish 
bo‘yicha musobaqalar kiritilgan va o‘sha-yili dunyo rekordini 
rossiyalik Gulnara Samitova – Galkin o‘rnatdi.
Hozirgi vaqtda to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 
dunyo rekordi 3000 metr masofada qatarlik Saif Shaxinga tegishli 
bo‘lib, 2004-yil, 7:53,63s natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida 
dunyo rekordi 3000 metr masofada rossiyalik Gulnara Samitova - 
Galkin 2008-yil, 8:58,81s natijani qayd etgan.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling