Yengil atletika va uni


G‘ovlar orasida yugurish ritmi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

G‘ovlar orasida yugurish ritmi. Makon hamda vaqt ichida kuch-
lanish nisbatan qanchalik to‘g‘ri taqsimlanganligiga qarab harakat 
ritmini belgilash mumkin. Ritm harakatlarning majmuali tavsifi 
hisoblanadi. Ritmning to‘g‘riligi ko‘p jihatdan g‘ovlar balandligi va 
ularning joylashtirilishi birligi bilan belgilanadi. O‘rgatish chog‘ida 
g‘ovlar shunday joylashtirilishi kerakki, o‘quvchilar yugurishni kat-
ta yoshli sportchilar ritmida amalga oshirsinlar: g‘ovlar orasidagi 
qadamlarni, g‘ovlardan tez va qiyalatib o‘tishni qadamlarni uzunligi 
va bajarilish vaqti bo‘yicha to‘g‘ri nisbatda bajarishni o‘zlashtirsinlar. 
Yosh g‘ovchi o‘z jismoniy va texnik tayyorgarligini yaxshilab 
borgani sayin yugurish tuzilishi hamda ritmini keskin o‘zgartirmagan 
holda g‘ovlarni mashg‘ulot uchun joylashtirish tartibini musobaqalar 
sharoitiga yaqinlashtirib boradi. 
G‘ovlar ancha baland, ular orasidagi masofa katta bo‘lsa, texnika-
dagi xatolar ko‘payib boradi: g‘ovlar orasida uzaytirilgan qadamlar 
bilan yugurish, tizzasi yetarlicha bukilmagan oyoq bilan siltovchi 
harakatni bajarish, baland traektoriyada uchish va g‘ov ortiga sust 
harakat bilan “qo‘nish” odatdagi holga aylanadi. Bunday xatolar
hatto sezilarsiz bo‘lsa ham, ularni tuzatish juda qiyin, ba’zan texnikani 
to‘g‘rilash mumkin ham emas. Shunday qilib, g‘ovlar osha yugurish 
ritmini o‘rgatganda, g‘ovlarni qulay joylashtirish eng muhimidir. 
Shu sababli ko‘pincha soddalashtirilgan sharoitlar usulidan tez-tez 
foydalanib turiladi. Lekin soddalashtirish darajasi ham katta ahamiyatga 
ega. U har bir aniq holatda, antropometrik ko‘rsatkichlar va jismoniy 
tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi. Sportchining bo‘yi balandroq 
bo‘lsa, g‘ovlar balandligi kamroq o‘zgartiriladi, ular orasidagi 
masofa esa kattalashtirilishi mumkin, bunda sportchi tang joyda erkin 
harakatlanishga o‘rgatiladi. Ba’zan soddalashtirish mutanosib ravishda 
amalga oshiriladi, masalan, 1-razryadli sportchilar uchun g‘ovlarni 7, 8 
m masofada, 100 sm balandlikda, sport ustalari uchun muvofiq ravishda 
8, 9 m va 103 sm qilib joylashtirish optimal sanaladi.


197

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling