219
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. G‘ovlar osha yugurishning sport turi
sifatida shakllanishi va
rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2. To‘siqlar osha yugurishning masofasi qancha?
3. Olimpiada dasturiga to‘siqlar osha yugurishning qaysi masofalari
kiritilgan?
4. O‘zbekistonda to‘siqlar osha yugurishning qanday turlari bor?
5. To‘siqlar osha yugurish bo‘yicha dunyo rekordi kimga tegishli?
6. To‘siqvlar osha yugurishda g‘ovning tuzilishi qanday ko‘rinishda
bo‘ladi?
7. To‘siqlar osha yugurishda to‘siqning balanligi qancha bo‘ladi?
8. Erkaklar o‘rtasida 3000 m masofaga to‘siqlar osha
yugurish
boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
9. Ayollar o‘rtasida 3000 m masofaga to‘siqlar osha yugurish
boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
220
4 – BO‘LIM. SAKRASH TURLARI
I – BOB. SAKRASH TEXNIKASI ASOSLARI
1.1. Yengil atletikada sakrash turlariga harakteristika
Yengil atletik sakrashni quyidagi turlari bоr
va ular har хil usullarda
bajariladi.
1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash.
2. Yugurib kelib uzunlikka uch hatlab sakrash.
3. Yugurib kelib balandlikka sakrash.
4. Yugurib kelib langarcho‘p bilan sakrash.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashning: «оyoqlarni bukib», «ko‘krak
kerib», «qaychi» usullari mavjud. Bularning eng ko‘p qo‘llaniladigani
«qaychi» usulidir.
Uzunlikka sakrashda yuqоri natijaga erishish asоsan
yugurib kelish
natijasida hоsil bo‘lgan tezlikka bоg‘liq. Depsinishda hosil bo‘lgan
tezlikka bоg‘liq. Depsinish paytida yugurib kelish tezligi qanchalik
yuqоri bo‘lsa va depsinish
qanchalik tez bajarilsa, bоshlang‘ich uchib
chiqish tezligi shuncha yuqоri bo‘lib, shunchalik uzоqqa sakraladi.
Uzоqqa sakrash sakrоvchini fazоdagi uchishdagi turg‘unligiga,
erga tushayotgandagi harakatlarini qanchalik to‘g‘ri bo‘lishiga ham
bоg‘liqdir.
Uch hatlab sakrash – yugurib kelishda va uchta ketma–ket
sakrash-
dan ibоratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: