Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
1.10. Ko‘pkurash
Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirish ishining har xil turlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi miqdoriga qarab nomlanadi: to‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. 16 Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o‘nkurash va ayollar uchun ettikurash va o‘spirinlar uchun beshkurash, oltikurash, sakkizkurash. Musobaqalarni yengillashtirish uchun yengil atletikani bunday turlaridan musobaqalar ikki kunda o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning asosiy turlari: ko‘pkurash bo‘yicha shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘- lishdan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o‘r ta masofaga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak. Ko‘p- ku rash programmasini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada chidamli bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish – yengil atletika bilan endigina shug‘ullanib boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama tasir ko‘rsatish bilan yengil atletikaning alohida turli maxsus mashqlarini qilish ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi. Tayanch iboralar. 1. Yengil atletika 2. Yurish 3. Yugurish 4. Sakrash 5. Uloqtirish 6. Ko‘pkurash 7. Stadion 8. Sportchi 9. Murabbiy 10. Stadionda yurish 11. Ko‘cha yo‘llarida yurish 12. Tabiiy sharoitda yugurish 13. To‘siq osha yugurish 14. Yaqin masofaga yugurish 15. O‘rta va uzoq masofaga yugurish 16. Estafeta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling