Yengil atlitika va uning turlari
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish Oxirgi kuch beri tuxtatish fazasi
Download 18.22 Kb.
|
Tolqinova Muxlisa (3)
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish Oxirgi kuch beri tuxtatish fazasi. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil buladi, ammo barcha xollarda uloqtirish oxirida snaryad harakati tezligini oshirish katta axamiyatga eg`a.
Shu bilan birga, Oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday xolatda turishi kerakki, u xolat Oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin. Uloqtirishning kupchilik turlaridan uloqtiruvchining snaryadni Ayni qo`ldan chiqarishgacha bulgan oraliq xolatlarning umumiy jixatlari kup. Bu oraliq xolatlar uchun uloqtirayotganda gavda , oyoq mushaklaridan to`liq foydalanish maqsadida umumiy o.m bir qancha pastga tushishish harakterlidir.U.o.m. Oxirgi kuch berish oldidan oyoq-larni ma`lum kenglikda va bo`kib qo`yilishi hisobiga pasayadi. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo`ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljish tezligining o`zgarish harakteri umumiydir.Buni sxematik tasavvur etsa ham buladi. Uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish). Tezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish). Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligi oshirish (Oxirgi kuch berishga tayyorlanish). Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib gavdaning yuqori qismlari bilan snaryadlar harakatini tezlatish (uloqtrish xolatiga o`tish va oyoqlarni keskin to`g`rilab uloqtirish). Olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarning tuliq tuxtalishi. Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o`zi o`zaro bo`gliq bulib, uni uloqtiruvchining bir xolatdan ikkinchi xolatga oddiygina utishi deb bulmaydi. Bunda oyoqlar gavda, uloqtiruvchi va bush qo`l qanday xolatda ekanining barcha detallari bir-biriga aloqador bulib, buning muxim ahamiyati bor. Barcha uloqtirish turlarida (bosqon uloqtirishdan tashqari, chunki bunda chap oyoq har doim erda turishi kerak) Oxirgi kuch berish chap oyoqni erga kuyguncha qadar boshlanadi. Chap oyoqni yerga qo`ygunga qadar Oxirgi kuch berish uloqtiruvchi gavdasini siljish tezligini saqlab boradigan sezilar-sezilmas harakatlardan iborat buladi. Uloqtirishda sport toyoqlarning qanchalik tez va kuchli to`g`rilanishi hamda buni gavda va qo`l harakatlari bilan moslay bilish katta ahamiyatga ega. Uloqtirish vaqtida, avval yirik muskul guruxlari , keyin esa tez qisqarish qobiliyatiga eg`a bulgan kichik muskul guruxlarida ishga tushsagina gavdani eng tez to`g`rilash mumkin. Bu harakat uloqtiruvchi gavdasining uloqtirish tomoniga yo`nalgan va asosan oyoqlarni to`g`rilash bilan kuchaya boradigan olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarga mos bulishi kerak. Shuning uchun barcha uloqtirish turlarida Oxirgi kuch berish to`g`ri bajarilganda oyoqlar va uloqtiruvchi qo`lning to`g`rilanishi tugashi bilan bir paytda uloqtirish ham tug`aydi. Oxirgi kuch berishda qarayib hamma vaqt olga tomon yuqorilab yunalgan eng tez harakat bilan bir paytda kukrak ham uloqtirishning tomoniga buriladi. Uloqtirishning to`g`ri va usuliga qarab elka kamari bilan tos harakatidagi munosabatda ba`zi bir farqlar buladi. Yakunlovchi kuch berishni erga tayanib turganda bajarish foydalidir.Sakrab oyoqlarni faol almashtirib bir qo`llab uloqtirishda tayanchsiz xolda ham snaryadga unchalik katta bulmagan yakunlovchi kuch ta`sir ettirish (masalan panjani yozish bilan snaryadga ta`sir etish ) mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida uloqtirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay muvozonat saqlab qolish zarurati ham xisobga olinadi. Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musoboqa qoidalariga belgilangan shartlarga qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlanadi. Bir qo`llab katta tezlikda uloqtirishda (har bir uloqtiruvchi shunga intilish kerak) sakrab oyoqlarni aktiv almashtirish qo`llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqandan keyin gavda harakati keskin tuxtatib qolishga imkon beradi. Agar uloqtiruvchi yakunlovchi kuch berish paytida katta tezlik xosil qila olmasa va oyoqlari bilan faol depsina olmasa, sakrab oyoqlarni almashtirishni bir-biriga mos keltirib bulmaydi. Download 18.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling