Yengil sanoat texnologiyalari
Tuzuvchi: assistent: X.Tursunova
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'RUZA matni Kompyuter yordamida moda va dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri:_________________ t.f.f.d, (Phd) V.O.Xomidov
- O‘quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _________________ Sh.Xamdamova 5
- Tаyanch so‘z vа ibоrаlаr
- АLS mаtеmаtik tа’minоti.
Tuzuvchi:
assistent: X.Tursunova Taqrizchi: t.f.f.d (PhD) J.I.Oripov Ma’ruzalar kursi «YST » kafedrasining uslubiy kengashida tasdiqlangan, majlis bayoni. №____ «___»____________2022 y. Kafedra mudiri:_________________ t.f.f.d, (Phd) V.O.Xomidov Ma’ruzalar kursi YST fakulteti uslubiy kengashida tasdiqlangan, majlis bayoni: №____ «___»____________2022 y. Fakultet uslubiy kengashi raisi: _____________ Sh.A.Xusanova Ushbu ma’ruzalar kursi FarPI ilmiy-uslubiy Kengashining 202__yil ______________ sonli ko‘rib chiqililib chop etishga ruxsat etildi. Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _________________ Sh.Xamdamova 5 1-MA’RUZA «KOMPYUTER YORDAMIDA MODA DIZAYNI»FANIGA KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. «Kompyuter yordamida moda dizayni»faniga kirish. 2. Fanning maqsad va vazifalari Tаyanch so‘z vа ibоrаlаr: mаtеmаtik tа’minоt, gеоmеtrik mаsаlа, оptimаllаshtirish, prоgrаmmа tа’minоti. Foydalanish uchun adabiyotlar N.N. Zaripov “Kompyuter grafikasi” O‘quv qo‘llanma Buxoro-2020 Е.С.Бадмаева “Компьютерное проектирование в дизайне одежде” Полша- 2019 АLS mаtеmаtik tа’minоti. Аvtоmаtlаshtirilgаn lоyihаlаsh tizimlаri mаtеmаtik tа’minоti lоyihа оbyеktlаri vа ulаr elеmеntlаrining mаtеmаtik mоdеllаri, lоyihа оpеrаtsiya vа muоlаjаlаrini bаjаrish аlgоritmi vа usullаrini o‘z ichigа оlаdi. Ulаr аsоsidа esа o‘z nаvbаtidа prоgrаmmа tа’minоti yarаtilаdi. Grafik ta’minot komponentlari muayyan loyiha vazifalari xususiyatiga (darajasiga) bog’liq ravishda bazaviy matematik apparat bilan belgilanadi. ALT matematik ta’minoti elementlari juda xilma-xildir. Ular orasida differentsial tenglamalarni yechishning sonli usullari, funktsional va informatsion modellarni qurish, geometrik masalalarni yechish usullari, ekstremumni topish va optimallashtirish masalalarini yechish usullari, approksimatsiya va interpolyatsiya usullari bor. Matematik ta’minotni tuzish ALTni yaratish borasidagi eng murakkab bosqich bo‘lib, bo‘lg’usi ALTning unumdorligi va samaradorligi ko‘p jihatdan matematik ta’minotga bog’liq. ALT matematik ta’minoti vazifasiga va ishlatilish usuliga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: 1) loyihalanadigan obyektni ifodalovchi matematik usullar va ular asosida tuzilgan matematik modellar; 2) avtomatlashtirilgan loyihalash texnologiyasining formallashtirilgan tavsifi. Birinchi guruhga kiruvchi matematik modellarga differentsial tenglamalarni yechish usullari, matematik fizikaning ko‘pgina tenglamalari kiradi. Ular qurilish inshootlari va mashinasozlik detallari mustahkamligini tahlil etish, suyuq muhitda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish, elektron priborda zarrachalarning to‘planishi va oqimini modellashtirish kabi masalalarda qo‘llanadi. 6 Ularda tadqiqot obyekti sifatida fizik qiymatlar kattaligi va uning o‘zgarish chegarasi olinadi. O‘zaro bog’liq bo‘lgan bir necha muhitlarni tadqiq etishda (masalan, turli detallar, materiallar soni ko‘p bo‘lgan muhit) algebraik va differentsial tenglamalarning tizimi qo‘llanadi. Lekin matematik model murakkablashib, uning aniqligi kamayishi mumkin. Bunday hollarda ma’lum cheklanishlarga yo‘l qo‘yilib, funktsional-mantiqiy modellash darajasiga o‘tiladi. Funktsional-mantiqiy modellash uchun matematik mantiq apparati va evristik usullardan foydalaniladi. Yanada murakkabroq obyektlarni, masalan ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalar, hisoblash tizimi va tarmoqlari, ijtimoiy tizimlar va Shunga o‘xshash obyektlarni tadqiq etishda ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi apparati yoki boshqa yondaShuvlar qo‘llanadi. Matematik ta’minotning birinchi qismiga kiruvchi usullar va vositalarni qo‘llash turli ALT tizimlarining va obyektning o‘ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Matematik ta’minotning ikkinchi qismiga kelsak, avtomatlashtirilgan loyihalash jarayolarini formallashtirish masalalari ayrim loyiha masalalarini algoritmlash va dasturlashdan ko‘ra ancha qiyindir. Ushbu masalani yechishda loyihalash texnologiyasi butunlay mantiqiy jihatdan formallashtirilishi, jumladan, loyihalovchilarning o‘zaro harakati ham avtomatlashtirish vositalarini qo‘llashga asoslangan holda formallashtirilishi lozim. Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish ishlari ko‘p hollarda ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha bir qancha muammolarni yechishni taqozo etadi. Shu jihatdan avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashga tizimli yondoshish darkor. ALT matematik ta’minoti obyektni, jarayonni va avtomatlashtirish vositalarini o‘zaro bog’liq ravishda tavsiflashi kerak. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko‘rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo‘ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo‘llaniladigan dastur ta’minoti bo‘lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o‘lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko‘rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin. Yurtimizda ham dasturlashga bo‘lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» 7 loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo‘lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo‘lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o‘lchamli modellashtirish va hattoki to‘rt o‘lchamli modellashtirish mumkin bo‘ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yordamida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvirni sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan. Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling