«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K


-amaliy mashg‘ulot. Chiqindisiz texnologiyalarni o‘rganish


Download 1.38 Mb.
bet25/25
Sana18.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1211429
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA

8-amaliy mashg‘ulot. Chiqindisiz texnologiyalarni o‘rganish.
Chiqindisiz texnologik jarayonlarni mohiyati: Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda “chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar” atamalari o`rniga “toza yoki birmuncha toza texnologiyalar” atamalari ham qo`llaniladi.
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.
Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda “xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari” siklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.
Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi.
2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi.
“Fizika” kursidan ma`lumki, termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, davriy ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficenti (FIK) ni quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin:



Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q2 = 0 yoki sovutgichning harorati T2 = 0 bo`lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo`la oladi. Ammo Nerist ko`rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo`lgan mashinani yasab bo`lmaydi, yoki isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to`liq termodinamikaning II – chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta`riflash mumkin: faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo`lmaydi.


Foydali ish kayfitsenti 100% ga teng bo`lgan mashinalarga perpetium mobilening ikkinchi turi deb ataydilar va termodinamikaning II – chi qonunini perpetium mobileni ikkinchi turini yasash mumkin emas, deb ta`riflaydilar.
Termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, nazariy jihatdan 100% chiqindisiz texnologiyani yaratish mumkin. Ammo amalda (real hayotda) ishlab chiqarish jarayonlarida energiya isrofi bo`ladi, ya`ni energiyaning ma`lum bir miqdori mashinaning isib ketishiga mumkin. Shuning uchun “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartli bo`lib, uning o`rniga “ekologik toza texnologiya” yoki “ekologiya zararsiz texnologiya” atamalari qo`llaniladi.
Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya – gigienik me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iktisodiy sabablarga kura, xom ashyoning m`lum bir kichik mikdori chiqindi bulib kolishi mumkin.
Kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shartifoydalanishga yaroqsiz bulib chiqindilarni, xususan, zaxarli moddalarni zararsizlantirish sistemasining mavjudligidir. Bunda chiqindilarning tabiiy atrof - muxitga etkaziladigan ta`siri ularningruxsat etilgan chegaraviy koncentraciyalaridan oshib ketmasligi kerak.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, « chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar» atamalari «tabiiy resurslar», «xom – ashyolarga kompleks ishlov berish», «resurslardan samarali foydalanish», «kushimcha mahsulotlar», «ishlab chiqarish chiqindilari», «foydalanishga yaroqsiz chiqindilar», «ikkilamchi materiallar resurslari», «ikkilamchi energetik resurslar», «iktisodiy zarar» kabi atamlar bilan uzviy boglikdir.
Tabiiy resurslar - suv, yer, mineral resurslar, hayvonot va o’simliklar resursi, quyosh energiyasi, yer qa`ridan olinadigan energiyalar ( masalan, minerallashgan issiq suv energiyasi ) va boshqalar tabiiy resurslar deb ataladi.




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling