«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K
Download 1.38 Mb.
|
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- » K AFЕDRASI “SANOAT EKOLOGIYA” FANIDAN Amaliy mashg’ulоtlari URGANCH-2022
- Taqrizchi: __________
- ISHDAN MAQSAD
O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va O`rta maхsus ta’lim vazirligi URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI kimyoVIy tехnOLOGIYALAR fAKULTЕTI «YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYALARI VA JIHOZLARI» KAFЕDRASI “SANOAT EKOLOGIYA” FANIDAN Amaliy mashg’ulоtlariURGANCH-2022 Tuzuvchilar: Matyaqubova J.B. - “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi o’qituvchisi Quryozov O’.S. - “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchi: __________ Matchanov Sh.K. “ Kimyoviy texnologiyalar ” kafedrasi dotsenti Kafedra mudiri: Saparbayeva N.K. 1-amaliy mashg‘ulot. Aholi punktida atmosfera havosidagi “Yig‘indi samarasi”ga ega bo‘lgan bir tomonlama ta’sir etuvchi zararli moddalarni miqdorini aniqlash. ISHDAN MAQSAD: Atmosferani ifloslantiruvchi manba’larning turlari va masshtablarini o‘rganish, aholi punktlaridagi atmosfera havosida bir tomonga yo‘nalgan zararli moddalarni o‘rtacha sutkalik konsentratsiyasini hisoblashni o‘rganish. Atmosfera – bu yerni o‘rab turuvchi va asosan azot hamda kisloroddan tashkil topgan gazsimon qobiqdir. U 100 km balandlikkacha cho‘zilib, uning bosimi bosqichma-bosqich pasayib boradi va nihoyat yer yuzasida milliondan bir hissani tashkil etadi. Atmosfera massasi 5·1018 t ni tashkil etadi, bunda 50 % atmosfera 5,5 km qatlamda va qolgan 49 % esa 40 km balandlikda jamlangan. U aniq tasvirdagi qatlam tuzilishiga ega. Shaharlar atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manbaa-atrof-muhitga aerozol (muallaq qattiq zarrachalarni havo bilan aralashmasi) va gazli chiqindilar (gazsimon toksik moddalarni havo bilan aralashmasi) chiqaruvchi sanoat korxonalari va avtotransportlardir. Asosiy ifloslantiruvchilar – sanoat korxonalari va issiqlik elektr markazlarini o‘txona, qozon va pechlari, shuningdek avtomobil dvigatellari hisoblanadi. Har yili ushbu manbaalar atmosferaga 250 mln. tonna uglerod oksidi chiqaradi, bu esa atmosferaga chiqariladigan barcha iflosliklarni 1/3 qismini tashkil etadi. Avtomobil dvigatellari atmosferaga is, kanserogen moddalar, azot oksidi, aldegidlar, uglevodorodlar va kislotalar chiqaradi. Bitta avtomobil yiliga o‘rtacha atmosferaga 1 tonnadan ko‘proq ushbu iflosliklarni chiqaradi. Paxta tozalash va to‘qimachilik sanoati korxonalari ham atmosferani aerozol va gazli chiqindilar bilan ifloslantiruvchi kuchli manbaalar hisoblanadi. Havoni ifloslantiruvchi barcha chiqindilar texnologik va aspiratsion turlarga bo‘linadi: birinchisi texnologik uskunalardan chiqarilsa, ikkinchisi – changsizlantirish sistemalaridan chiqariladi. Chang ushlash jarayonini qiyinlashtiruvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan paxta changi asosiy komponent bo‘lib hisoblanadi. Paxta changi o‘z tarkibida mineral va organik changlarga ega. U yong‘in xavfiga ega bo‘lib, o‘tirgan yuzadan ketishi qiyin va o‘simliklarga o‘tirganda ularni halok qiladi. Paxta tozalash va to‘qimachilik sanoati yigiruv korxonasining chiqarilmalari 100-200 ming m3/soat gacha yetishi mumkin, bunda havoni changlanganligi 10-12 ming mg/m3 dan 20-30 ming mg/m3 gacha yetishi mumkin. Paxta tozalash sanoati korxonalarida gazli chiqindilarni manbaalari: suyuq yoki gazsimon yonilg‘ilarni yonishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi quritish xo‘jaligi, issiqlik bilan ta’minlovchi sistemalar, urug‘lik chigit tayyorlovchi sex va boshqalardir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling