«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K


Download 1.38 Mb.
bet6/25
Sana18.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1211429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA

Sun’iy shamollatish.

Sun’iy (mexanik) shamollatish ventilyatorlar yordamida bajariladi.


Sun’iy shamollatish uch xil bo‘ladi:
1.Havo beruvchi moslama (5a-rasm). Tashqi havo, havo taqsimlagich - 1 dan o‘tib havo tozalagich-2 da tozalanib, isitgich-3 da isitilib, ventilyator-4 dan quvurlar orqali havo beruvchi tuynuklar-5 yordamida sexga uzatiladi.
Bunda ifloslangan havo derazani va eshikni tirqishlari orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Bu sexga aloqasi bo‘lmagan xonalarni va tashqi muhitni ifloslantiradi.
2. Havo so‘ruvchi moslama (5b-rasm). Sexdagi havo, ventilyatorlar-4 yordamida, so‘ruvchi tuynuklar-6 orqali sexdan so‘rib olinadi. So‘rilgan havo, tozalagich-7 da tozalanib, quvurlar yordamida tashqi muhitga uzatiladi. Bu moslamaning kamchiligi, havo tashqi muhitdan tozalanmasdan sexning ichiga kiradi. Bundan tashqari sexni ichida havo bosimini kamaytiradi va ishchilarni shamollashuviga sabab buldi.
3. Havo beruvchi va so‘ruvchi moslama (14v-rasm). Bunda tashqi havo, avvalo changdan chang tozalagichlarda-2 tozalanib va mo‘tadillanib-3 sovutilib sexga beriladi. Sexdan so‘riladigan havo, tozalagich moslamasida-7 da changdan tozalanadi.



5-rasm. Sun’iy shamollatish.
a-havo beruvchi moslama; b-havo so‘ruvchi moslama; v-havo beruvchi va so‘rib oluvchi moslama; 1-havo taqsimlagich; 2-havo tozalagich; 3-mo‘‘tadil uskuna; 4-ventilyator; 5-havo beruvchi; 6-so‘ruvchi tuynuk; 7-havo tozalagich.

Mahalliy so‘rish sistemasi mashinalardan ifloslangan havoni yakka tartibda so‘rib oladigan dastgoxga, so‘ruvchi havo almashtirgichlarga va markazdan qochma ventilyatorlarga ega. Paxta tozalash korxonalarida 2 xil mashinalarni aspiratsiya (so‘rish changli havoni) qilish usuli qabul qilingan: faqat, changli havoni mexanik transport yordamida mashinalardan ajraladigan zararli moddalarni so‘rib olish (shneklar va ventilyatorlar orqali) va mashinalardagi chiqindilarni havo transporti orqali so‘rib olish. Mashinalardan chiqqan chiqindi va changli havoni, faqat havo transporti yordamida bajariladi.


Ventilyatorlarni tanlashda sanitariya me’yorlariga asoslanish kerak. Tanlanadigan ventilyatorlarning ish unumdorligi hisoblangan ish unumdorligiga teng bo‘lishi kerak. Ventilyatorning bosimi uning hisoblangan bosimiga teng bo‘lishi kerak.
Ventilyator validagi iste’mol kiladigan quvvatini quyidagi tenglamadan topamiz:

Ventilyatorning to‘liq bosimini quyidagi tenglamalan topamiz:




Uskunalardan so‘rib olinadigan havoning hisobini 12-jadval usulida hisoblaymiz sxema ko‘rinishi 8-rasmda chizilgan.






Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling