Yer kadastri va Yer tuzish fakulteti yk va yt geodezik ishlar fanidan
Download 11.52 Kb.
|
1 2
Bog'liq204 -guruh Ashirov Rozimuhammad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik usulda yuzani aniqlash
Analitik - joyda o‘lchangan chiziq uzunligi va burchaklarning natijalari yoki ularning funktsiyalari - shakllar uchlarining koordinatalari bo‘yicha yuzalar aniqlanadi.
Grafik - yer bo‘laklarining yuzasi planda o‘lchangan chiziqlar va burchaklar qiymatlari yoki nuqtalarning koordinatalari orqali aniqlanadi. Analitik usul eng aniq, lekin dala o‘lchashlarini bajarishda katta mablag‘ talab qiladigan usul hisoblanadi, chunki, yuza hisoblash aniqligiga faqat joyda o‘lchashlarni bajarishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar ta’sir qiladi va shuning uchun uning aniqligi planning aniqligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu usul yerdan foydalanuvchi yer maydonlarini, almashlab ekish dalalar yuzalarini, ular chegaralari bo‘yicha teodolit yo‘l va poligonlari o‘tkazilgan holda qo‘llanadi. Grafik usulning aniqligi analitik usulga nisbatan pastroq, chunki joyda o‘lchashlardagi xatolaridan tashqari yuza hisoblash aniqligiga planlarni tuzishdagi va konturlar yuzalarini planda aniqlashdagi xatolar ham tahsir qiladi. Bu usul siniq chiziqli chegaralaridan iborat bo‘lgan yer bo‘laklari, almashlab ekish dalalar va konturlar yuzasini aniqlashda qo‘llaniladi. Shunda, qancha yer maydonning yuzasi kichik bo‘lsa, shuncha katta nisbiy xato bilan uning yuzasi aniqlanadi, yuzasi katta yer bo‘laklar uchun esa, masalan, yerdan foydalanuvchilar uchun bu usulda yuzani hisoblash aniqligi, analitik usuldagi aniqlikka yaqinlashadi. Analitik usulda yuzani aniqlash- Joyda o‘lchangan chiziqlar va burchaklar natijalari bo‘yicha yer bo‘laklari yuzasini aniqlashda geometrik va trigonometrik formulalari qo‘llanadi. Shu sababli boshqa usullarga nisbatan aniqlik darajasi kuchli hisoblanadi. Etiboringiz uchun rahmat Download 11.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling