Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja
Download 239.76 Kb.
|
Yer osti kon lahmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- Ochish
- Tozalash chuqurchasi
- Kon ishlari
- Qidiruv kon lahimlariga
Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja: Foydali qazilmalarni yer osti ishlab chiqishining uchta bosqichi. Vertikal lahimlar. Qiya lahimlar. Gorizontal lahimlar. Tozalash lahimlari. Asosiy tushunchalar: ochish, tayyorlash, tozalash chuqurchasi, kon ishlari, stvol, qiya stvol, shurf (sayoz quduq), shtrek, kvershlag (tog‘ qazilmasi), bremsberg, stvol oldidagi sahn, shtrek, shtolnya (yo‘lak). Foydali qazilmalarni yer ostida ishlab chiqish uch bosqichdan iborat: ochish, tayyorlash va tozalash chuqurchasi. Ochish – bu yer ustidan konga kirishga yo‘l ochishni ta’minlash uchun kon lahimlari o‘tkazish. Tayyorlash – konni alohida uchastkalarga (qavatlarga, panelarga va tozalash bloklariga) bo‘lish va xususan bu uchastkalar ichini tozalash ishlarini boshlashga tayyorlash. Tozalash chuqurchasi – foydali qazilmani yalpi qazib olish bo‘yicha qilinadigan kon ishlari. Konni ochishda foydali qazilma yoki tog‘ jinsini ko‘tarish, bog‘lash va tashish, matyeriallar va jihozlarni tushirish, kishilarni joylashtirish, lahimni shamollatish, quritish, suv qaytishining oldini olish, kabellarni va quvurlarni joylashtirish va shu kabi ishlar uchun xizmat qiluvchi yer osti kon lahimi ishlari o‘tkaziladi. Ochish lahimlari kapital qurilishga ajratilgan mablag‘ hisobidan, ko‘pincha maxsus shaxta quruvchi tashkilotlar kuchi bilan o‘tkaziladi. Kon ishlari – kon lahimlarini o‘tkazish, mustahkamlash va ushlab turish bo‘yicha kompleks ishlar(jarayonlar). Halq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra, lahimlar foydali qazilmalarni qidirishda va aniqlashda foydalaniladigan qidiruv lahimlari va konlardan foydalanish uchun ekspluatatsion (ishlatilish) lahimlari mavjud. Qidiruv kon lahimlariga – transheyalar (handaklar), shurflar (sayoz quduqlar), shtolnyalar (yo‘laklar), burg‘ulash quduqlari, qidirish kvershlaglari (tog‘ qazilmalari), shtreklari, qiyaliklar, ortalari, gezenglari va boshqalar kiradi. Qidiruv lahimlarini o‘tkazishdan maqsad foydali qazilma konlarini yoki uning bir qismini, qatlamlar sonining konturlarini belgilash, pastdan yuqoriga qiyaliklar va bremsberglar o‘tkazishda asosiy qoidalar elementlarini o‘rnatishdan iboratdir. Bunday lahimlar og‘zi bo‘lib yuqoridagi gorizontal lahimlar bilan birlashadigan joy, ko‘pincha shtreklar, sanaladi. Download 239.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling