Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja


Download 239.76 Kb.
bet3/8
Sana25.12.2022
Hajmi239.76 Kb.
#1064926
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yer osti kon lahmlari

Qiya lahimlar.
Qiya lahimlar – qiya stvol, bremsberg, nishablik , yurish yo‘li, skat (qiyalik), ko‘tarma, ruda tushirish, pechni o‘z ichiga oladi.
Qiya shaxtali stvoli – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lgan, shaxta maydoni chegaralarida (yoki ayrim qismlarida) yer osti ishlarini bajarishga xizmat qiluvchi qiya kon lahimi. Asosiy vazifasiga ko‘ra foydalanish stvollari bosh va yordamchi stvollarga bo‘linadi. Bosh stvol foydali qazilmani yer yuzasiga yuklab olib chiqishga xizmat qiladi. YOrdamchi stvollar bajarish vazifasiga ko‘ra yuk – kishili (kishilarni, jihozlarni, matyeriallarni, jinslarni tushirish ko‘tarish uchun), shamollatuvchi (shamollatish uchun), suv qaytaruvchi (suv tortib chiqrish uchun) , to‘lg‘azmali (to‘lg‘azmani tushirish uchun) va boshqa turlarga bo‘linadi. Ko‘pincha stvollar bir vaqtda bir nechta vazifani bajaradi.
Bremsberg – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, ko‘tarilish va tushish qatlamlari bo‘ylab o‘tgan va foydali qazilmani yuqoridan pastga yuklab tushirishga, shamollatishga, elektroenyergiya, suv, kishilar harakatlanishini yaqin keltirishga va jihozlarni yetkazishga xizmat qiladigan lahim. Bremsbyergning alohida xususiyati ko‘mirni mexanik vosita bilan yuqoridan pastga yuklab tushirish hisoblanadi. Bremsberglar qatlam bo‘ylab, ayrim hollarda jins bo‘ylab o‘tkaziladi.
Nishablik ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, ko‘tarilish va tushish qatlamlari bo‘ylab o‘tgan va foydali qazilmani pastdan yuqoriga yuklab eltishga, shamollatishga, elektroenyergiya, suv, kishilar harakatlanishini yaqin keltirishga va jihozlarni etkazishga xizmat qiladigan lahim. Bremsbyergning alohida xususiyati ko‘mirni pastdan yuqoriga yuklab eltish hisoblanadi. Nishablik qatlam bo‘ylab, ayrim hollarda jins bo‘ylab o‘tkaziladi.
YUrish yo‘li ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, belgilanganidek, bremsbergga (nishablikka) 20-40m masofada parallel joylashgan, kishilar harakatlanishiga, material va jihozlarni etkazishga, shamollatishga va boshqa maqsadlarga xizmat qiluvchi lahim.
Skat (qiyalik) – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, qatlam tushishi bo‘yla joylashgan, o‘z og‘irligi ta’siri ostida foydali qazilmani yuqoridan pastga tushishi uchun xizmat qiladigan lahim. Agar uning qiya burchagi ko‘mir va jinsning pastga o‘zi oqib tushishi uchun yetarli bo‘lsa (30—35° va undan ortiq), u holda skat quriladi. Skat qatlamli va maydonli bo‘lishi mumkin.
Ko‘tarmarudali jism yoki aralash jinslar bo‘ylab o‘tkaziluvchi, foydali qazilmaning alohida uchastkalarini (bloklarini) tayyorlash, shamollatish, to‘lg‘azmali matyerialni tushirish, kishilarning harakatlanishi va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan lahim. Ko‘tarma ko‘p hollarda vertikal o‘tkaziladi.
Ruda tushirish –ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, o‘z og‘irligi ta’siri ostida rudani tushirish uchun mo‘ljallangan lahim. Ruda tushirish skat bajargan vazifani bajaradi. Ko‘pincha vertikal o‘tkaziladi.
Pech ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, qatlam bo‘ylab jinsni to‘kmasdan o‘tkaziladigan, tozalash jihozlarini montaj qilish, shamollatish. kishilar va yuklar harakatlanishi, elektr va pnevmoenyergiyani yaqin keltirish uchun mo‘ljallangan lahim. Faqat tozalash jihozlarini montaj qilish uchun mo‘ljallangan qirqimli (kesimli) pech deyiladi.

Download 239.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling