Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja
Lahim zaboyi (qazish joyi)
Download 239.76 Kb.
|
Yer osti kon lahmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal lahimlar. Vertikal lahimlar
- To‘siq stvol
Lahim zaboyi (qazish joyi) – deb tog‘ jinslari massivining yemirilish (parchalanish) joyiga aytiladi. Bevosita uni o‘tkazish ishlari olib boriladigan lahimning zaboyga yondosh qismi zaboy oldi bo‘shlig‘i deyiladi. Bir nechta (ko‘pincha 2 ta, ayrim holda 3 ta) lahimlarning qo‘shilish joyi kon lahimlari tutashmasi deyiladi.
Vertikal lahimlar. Vertikal lahimlar – Vertikal lahimlarga stvol, shurf, gezenk, to‘siq stvol, quduq kiradi. Stvol (tana, o‘zak) – ochiq yuzaga chiqishga ega bo‘lgan vyertikal kon lahimi. Stvol og‘zi – yer usti bilan stvol tutashmasi. Tashuvchi gorizontdan past darajasidan o‘tgan stvol qismi zumpf deyiladi. U ko‘tarma (transportli) jihozni joylashtirish uchun, suvni to‘plash va tortib chiqarish va birqancha boshqa maqsadlar uchun belgilangan. SHuni aytish lozimki, shaxtada doimo bir xil nomdagi lahimlar bir nechta bo‘ladi. Bir xil turdagi lahimlar o‘rtasidagi farq uning tor, ya’ni chegaralangan vazifasiga ko‘ra lahim nomlanishida ko‘rsatish yo‘li bilan belgilanadi. Masalan, foydali qazilmani yuqoriga ko‘tarishni amalga oshiruvchi stvol asosiy stvol deyiladi, kishilarni ko‘tarish- tushirishni, matyeriallarni va jihozlarni tushirishni, jinslarni ko‘tarishni amalga oshiruvchi stvol yordamchi stvol deyiladi. Stvol shamollatuvchi, suv qaytaruvchi, to‘lg‘azma, yog‘och tushiruvchi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Shurf – (sayoz quduq) – geolog- qidiruv va foydalanish ishlari uchun xizmat qiluvchi, yuqoridan o‘tkaziladigan, vertikal (ayrim hollarda qiya) uncha chuqur bo‘lmagan kon lahimi. Harakatdagi shaxtalarda shurflardan shamollatish uchun, shaxtaga jihozlarni tushirish uchun va yuqoriga chiquvchi zahira chiqish yo‘li sifatida foydalaniladi. Gezenk – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan va o‘z og‘irligi ta’siri ostida ko‘mir (jinslarni) tushirish uchun, kishilar harakatlanishi uchun hamda shamollatish va boshqa vazifalar uchun xizmat qiladigan vertikal kon lahimi. To‘siq stvol – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan va shaxta gorizontlari o‘rtasida ko‘mir (jinslarni) ko‘tarish uchun, kishilarni, jihozlar va matyeriallarni ko‘tarish-tushirish uchun xizmat qiladigan vertikal kon lahimi. Quduq – yer yuzasidagi yoki yer osti lahimlaridagi qidiruv yoki foydalanish maqsadida o‘tkaziladigan vertikal, gorizontal (ayrim hollarda qiya) kon lahimidir. Harakatdagi shaxtalarda quduqlar zahiralarni aniqlash, quritish, shamollatish, elektr ta’minoti, yog‘och matyeriallarni tushirish uchun xizmat qiladi. Download 239.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling