Yer osti suvlari va ularning shakllanishi


Download 486.78 Kb.
bet13/13
Sana07.05.2023
Hajmi486.78 Kb.
#1439954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6ta mavzu

^ Poydevorlarning turlari. Poydevor tovonining yotish chuqurligi bo’yicha sayoz joylashgan va chuqur joylashgan poydevorlar bir-biridan farqlanadi. Sayoz joylashgan poydevorlar ochiq qazilgan handak yoki transheyalarda barpo etiladi. Ular tovonining yotish chuqurligi odatda 5...6 m dan katta bo’lmaydi.

Yuk ta‘sirida tanasining deformatsiyalanishi bo’yicha poydevorlarni bikr (siqilishga ishlaydigan) va egiluvchan turlarga ajratish mumkin.

Konstruktiv shakliga ko’ra, alohida joylashgan, lentasimon, yaxlit, massiv, aralash, qoziqli va boshqa turdagi poydevorlar bir-biridan farqlanadi.

Tayyorlanish usuli bo’yicha poydevorlar monolit (qurilish joyida barpo etiladigan), yig’ma (oldindan tayyorlangan va qurilish maydonchasida yig’iladigan) va yig’ma-monolit (yig’ma va quyma qismlardan tuziladigan) turlarga bo’linadi.

Poydevorlar betondan, butobetondan, temirbetondan, tosh-g’ishtlardan, yog’ochdan va boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin. Suv xo’jaligi qurilishida poydevorlar asosan beton va temirbetondan barpo etiladi.
Inshootdan, unga quyiladigan talablar darajasida foydalanish imkoniyatlarini yo’qotuvchi holatlarga chegaraviy holatlar deyiladi. Zamin va poydevorlar yuk ko’tarish qobiliyatlarining (mustahkamligi va ustivorliginining) yo’qotilishi yoki ularda ruxsat etilmagan deformatsiyalarning (cho’kish, siljish, poydevorning og’ishi va h. k.) sodir bo’lishi inshootlarning ushbu qismlari uchun chegaraviy holatlar bo’lib, bu holatlarni bartaraf etishga qaratilgan me‘yoriy qoidalar majmui chegaraviy holatlar usuli deyiladi.

Poydevor tanasining mustahkamligi, mahalliy ustivorligi va deformatsiyalanishi «Injenerlik konstruktsiyalari» fanidan ko’riladigan umumiy qoidalarga to’la mos keladi va bu masalalar «Zamin va poydevorlar» fanida alohida o’rganilmaydi. Poydevorning siljish va ag’darilishga nisbatan umumiy ustivorligi va uning zaminga nisbatan deformatsiyalanishi (cho’kishi, siljishi) esa zaminning holatiga bevosita bog’liqdir. Shu sababli, zamin va poydevorlarni loyihalashga doir qoidalar asosan zamining chegaraviy holatlarini nazarda tutadi.

Zaminlarni loyihalashda chegaraviy holatlar ikki guruhga bo’linadi:

1. Yuk ko’tarish qobiliyatining yo’qotilishi yoki foydalanishga butunlay yaroqsizlanishi bo’yicha;

2. Zamindan me‘yoriy talablar darajasida foydalanishning qiyinlanishib qolganligi bo’yicha.

Zamining mustahkamligi va ustivorligiin ta‘minlash, shuningdek, poydevorning zamin bo’yicha sirpanishi va ag’darilishiga yo’l qo’ymaslik chegaraviy holatlar birinchi guruhi shartlari bo’yicha bajariladigan hisoblarning asosiy maqsadi bo’lib, bunda yuk va ta‘sirlarning hamda zamin yuk ko’tarish qobiliyatining hisobiy qiymatlari ishlatiladi.

CHegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo’yicha hisoblar quyidagi umumiy shart asosida bajariladi:

F  (c / n ) Fu , (6.1)


bu yerda F – yuklarning eng nomaqbul birikmasi asosida aniqlangan hisobiy zo’riqish; c – inshootninig vazifasi va javobgarligiga bog’liq holda belgilanadigan ishonchlilik koeffitsienti; – gruntning turi va holati bo’yicha qabul qilinadigan ish sharoiti koeffitsienti; Fu – zamin gruntlarning hisobiy (minimal) yuk ko’tarish qobiliyati.

Chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi shartlari bo’yicha bajariladigan hisoblar zamindagi deformatsiyalarni chegarlashga qaratilgan bo’lib, bu hisoblarda yuklar, zo’rikishlar va yuk ko’tarish qobiliyatlarining me‘yoriy qiymatlari ishlatiladi. Deformatsiyalarni chegaralash hisobi quyidagi shart asosida olib boriladi:

S  Su , (6.2)

bu yerda S – inshoot zaminining me‘yoriy yuk va ta‘sirlar asosida aniqlangan deformatsiyalanishi; Su – deformatsiyalarning amaldagi me‘yorlar bo’yicha qabul qilinadigan ruxsat etilgan chegaraviy qiymati.

Yuqorida yuklar va ta‘sirlarning me‘yoriy va hisobiy qiymatlari bir-biridan farqlandi. Zamindan, poydevordan hamda inshootdan me‘yoriy talablar darajasida foydalanish sharoitlarini inobatga olgan va amaldagi qurilish me‘yorlari bo’yicha qabul qilinadigan yuklar va ta‘sirlar me‘yoriy deb ataladi va umumiy holda gn bilan belgilanishi mumkin. Doimiy yuklanishlar (masalan, grunt, poydevor va poydevor ustidagi inshoot qismlarining xususiy og’irliklari) materialning konstruktiv o’lchamlari va o’rtacha solishtirma og’irliklari bo’yicha aniqlanadi. Qor, shamol singari vaqtinchalik ta‘sir qiladigan atmosfera omillarining me‘yoriy bosimlari, ularning ko’p yillik nomaqbul qiymatlarining o’rtachasiga teng miqdorda qabul qilinadi.



Zamin va inshootdan foydalanish jarayonidagi o’zgarishlar sababli, me‘yoriy yuklar va ta‘sirlarning qiymatlarida ma‘lum darajadagi chetlanishlar ham yuzaga kelishi mumkin. Yuklanishning xavfli tomonga o’zgarish ehtimoli hisobga olingan qiymatiga hisobiy yuk yoki ta‘sir deyiladi va umumiy holda g bilan belgilanadi. Hisobiy yukning qiymati me‘yoriy yukni inshonchlilik koeffitsienti f ga ko’paytirib aniqlanadi: g=gn
Download 486.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling