Yer osti suvlari va ularning shakllanishi


Download 486.78 Kb.
bet9/13
Sana07.05.2023
Hajmi486.78 Kb.
#1439954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6ta mavzu

Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo`lgan yer osti suvlarining yon bag`irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to`planadigan serg`ovak jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa.
Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo`lib, qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa.
LYOSSIMON YOTQIZIQLAR — mayda (0,05 — 0,001 mm) changeimon hamda loyqa zarralardan tuzilgan boʻsh choʻkindi togʻ jinslari. Baʼzan tarkibida turli kattalikdagi mineral boʻlaklar (qum, shagʻal toshlar) boʻladi. Paydo boʻlishiga qarab, asosan, eol, prolyu-vial, allyuvial, delyuvial, flyuviglyatsial, elyuvial tiplarga boʻlinadi. Bu jinslar (eol lyossimon jinslardan boshqa) Oʻzbekistonning togʻ, togʻ oldi qamda tekislik hududlarida uchraydi.
Eol va prolyuvial jinslar baʼzan, avval lyoss holatida boʻlib, keyinchalik sugʻorish namlanishdan lyosega xos asosiy (q. Lyoss) xususiyatlarining (gʻovaklilik, choʻkuvchanlikning kamay-ishi, hajm ogʻirligining oshishi va b.) oʻzgarishi natijasida lyossimon jinslarga aylangan boʻlishi mumkin. Eolning qalinligi 0,10—15 m, pro-lyuvialniki 0,5—100 m. Allyuvial lyossimon jinslarning qalinligi 0,25 — 15 m. Delyuvial lyossimon jinslar yomgʻir, qor suvlarining nurash mate-riallarini togʻ yon bagʻirlariga oqizib tushib yotqizishdan hosil boʻladi. Ka-linligi 0,25—10 m.
Elyuvial lyossimon jinslar tub togʻ jinslari (granit, granodiorit, gil, qumtosh, ohaktosh va b.)ning nurashi va nurash materiallarining oʻz joyida qolib, qayta-qayta nurashi natijasida shakllanadi. Qalinligi 0,10 — 2 m boʻladi.
Flyuviglyatsial lyossimon jinslar togʻ yuqori mintaqalarida uchraydi. Bu xil jinslar muz qatlamlari erib, togʻ jinslarining tarqalishi, ezilishi, maydalanishi tufayli paydo boʻlgan mayda chang zarralarini oqizib qulay joylarga yotqizishdan hosil boʻladi. Ularning qalinligi 0,10—3 m. Oʻzbekiston hududidagi lyossimon jinslarning qalinligi, tarkibi, xossasi va xususiyatlari yaxshi oʻrganilgan.
Yer qobig`ida tektonik harakatlar natijasida hosil bo`lgan darzlar orqali magma yuqorida joylashgan qatlam orasiga kirib qotishi yoki yer yuzasiga otilib chiqishi mumkin. Agar magma yer yuzasiga otilib chiqa olmasa, u asta-sekin uning chuqur qismlarida qotadi. Bunday magma mahsulotlari intruziv jinslar deb ataladi.
Magmatik jinslar klassifikatsiyasi turlichadir. Bunday klassifikatsiya magmadagi SiO2 ning miqdoriga asoslangan bo`lib, magmatik jinslar qo`yidagi gruppalarga bo`linadi:
1. Nordon jinslar SiO2 miqdori 64-78 % (granit, granodiorit, liparit va hokazo).
2. O`rta jinslar SiO2 miqdori 53-64% (siyenit, diorit, trahit va hokazo).
3. Asosli jinslar SiO2 miqdori 44-53% (gabbro, bazalt, diabaz va hokazo).
Intruziv tog` jinslari yer qobig`i orasida hosil bo`lib, keyingi tog` hosil qiluvchi jarayonlar va chuqur nurashlar natijasida yer yuzasiga chiqib ochilib qoladi. Nurash jarayonlarining bunday jinslarga kuchli ta`sir etishi ularning yotish shaklini yoki o`rnini aniqlashga imkon bermaydi. Intruziv jinslar yerning ichki qismida qatlamlar orasida turli shakllarni hosil qilishga qarab batolit, shtok, qatlamli, tomir, lakkolit, lopolit, fakolit, dayka kabi turlarga ajratiladi.
Tog` jinslarining hossalari ularning ichki tuzilishi va yer po`stida joylashishiga bog`liq. Shuning uchun ham ularning struktkra va teksturasini bilish katta ahamiyatga ega. Tog` jinslarining strukturasi deb, ularning ichki tuzilishi, jins tashkil etuvchi mineral zarralarning katta-kichikligi, shakli, miqdoriy nisbati va bu zarralarning bir-biri bilan o`zaro aloqada bo`lishiga aytiladi.
Tog` jinslarining teksturasi deb, ularni tashkil etuvchi minera zarrachalarining jinsda fazoviy joylashishi va jinslarning yahlitlik darajasiga aytiladi. Magmatik jinslarning yer yuzasida va ichkarisida qotishiga qarab g`ovak va zich jinslar bo`ladi.
Nordon jinslar magmatik jinslar orasida eng ko`p tarqalgan. Ularga granit va uning otkindi hillari liparit, vulkon shishasi va boshqalar kiradi.
Granit juda mustahkam tog` jinsi, uning rangi och kul rang, pushti yoki qizil bo`ladi. Jins hosil qiluvchi minerallardan dala shpati, kvarts, rangli minerallardan slyuda, amfibol, kam uchraydigan aktsessor minerallar apatit, sfen, tsirkon, pirit, magnetit va boshqalar bor.
Liparit himiyaviy tarkibiga ko`ra granitga yaqin bo`lsa ham u otkindi jins hisoblanadi. Liparitlarning rangi och sariq va och kulrangdir. Strukturasi porfili bo`lib, shishasimon massada dala shpati. Kvarts, biotit minerallarining zarralari uchraydi.
Liparitning ko`rinishi shishasimon bo`lib, vulkon shishasiga obsidian va pemza kiradi.
Pemza zichligi 1 gG`sm3 dan kam bo`lgan. Oq, kulsimon, sariq tusli ko`piksimon jins. U issiqlik tutuvchi beton, tsement, buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
Diorit tula kristallangan donador jins. Mineral tarkibi asosan plagioklazdan (65-70 % gacha) iborat rangli minerallar 30 % ni tashkil etib, amfibiol, avgit, biotitlardan iboratdir.
Gabbro qumtuproqqa tuyinmagan, massiv asosli intruziv jinsdir. Gabbro tarkibida asosli plagioklaz (labrador, labrador-bitovnit, anorit), piroksen, amfibol uchraydi.


Download 486.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling